Namangan viloyatida qalbaki 9400 dollar muomalaga chiqarilishiga chek qo‘yildi
Qirg‘izistondan qalbaki valuta olib kirgan shaxs qalbaki 9400 dollarni haqiqiy 5200 dollarga almashmoqchi bo‘lgan.
Davlat xavfsizlik xizmatining tezkor tadbirida Qirg‘iziston hududidan olib kirilgan qalbaki xorijiy valutalarni muomalaga chiqarishga uringan shaxslar ushlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Xususan, Namangan-Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan, Toshkent viloyatining Chinoz tumanida yashovchi, 1978 yilda tug‘ilgan shaxs boshqaruvidagi Honda rusumli avtomashina Pop tumani hududida to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganda, unda qalbaki 4 ming AQSh dollari borligi ma’lum bo‘ldi.
Tergovga qadar tekshiruv davomida u mazkur qalbaki valutalarni kelgusida sotish maqsadida Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1971 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan fuqarodan 2200 AQSh dollariga sotib olgani aniqlandi.
So‘ngra tezkor tadbir davom ettirilib, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro qalbaki 5400 AQSh dollarini haqiqiy 3 ming AQSh dollariga ayirboshlagan vaqtida ushlandi.
Aniqlanishicha, u qalbaki valutalarni qo‘shni Qirg‘izistondagi jinoiy sheriklaridan olib kelgan.
O‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida jami qalbaki 9400 AQSh dollari ashyoviy dalil sifatida olindi.
Mavzuga oid
16:39 / 15.11.2024
Namangan viloyat sudi raisi o‘rinbosarining qilmishi yashirilmoqda: yopig‘lik qozon yopig‘ligicha qoladimi?
12:19 / 07.10.2024
Namanganda o‘zganing fotosuratlarini internetda tarqatishini aytib pul talab qilgan shaxs ushlandi
18:33 / 02.10.2024
Namanganda qadimiy yerosti yo‘laklari, isitish tizimi va sopol quvurlar topildi
21:19 / 05.09.2024