Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ozarboyjon bilan energetika sohasida hamkorlik qilinadi
Tegishli xalqaro shartnoma prezident tomonidan tasdiqlandi.
«Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston va Ozarboyjon hukumatlari o‘rtasida energetika sohasida hamkorlikni yanada chuqurlashtirish to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.
Bitim 2023 yil 22 avgust kuni Boku shahrida imzolangan edi.
Energetika vazirligi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin O‘zbekistonning majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlaydi.
Mavzuga oid
19:01 / 16.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon bosh vaziri bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi
22:08 / 18.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Bokuda Ilhom Aliyev bilan uchrashdi
20:25 / 17.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjonga jo‘nab ketdi
12:06 / 17.05.2026