O‘zbekiston | 09:57 / 19.03.2024
15349
1 daqiqa o‘qiladi

Soliq organlari ayrim huquqlardan mahrum bo‘lmoqda

Kameral tekshiruvlarni o‘tkazishda soliq organlarining soliq to‘lovchi hududiga kirish, hududi va binolarini ko‘zdan kechirish, soliq to‘lovchidan hujjatlarni talab qilib olish va uni chaqirtirish, hujjatlar va buyumlarni olib qo‘yish huquqlari bekor qilinmoqda.

Foto: DSQ

Vazirlar Mahkamasining “Kameral soliq tekshiruvini o‘tkazish tartibi soddalashtirilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 7 yanvardagi 1-son qarori bilan tasdiqlangan Soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori qabul qilindi.

Kameral tekshiruvlarni o‘tkazishda soliq organlarining quyidagi huquqlari bekor qilinmoqda (QQS summasini o‘rnini qoplashda (qaytarishda) o‘tkaziladigan kameral tekshiruvlar bundan mustasno):

  • soliq to‘lovchining hududiga kirish;
  • uning hududini va binolarini ko‘zdan kechirish;
  • soliq to‘lovchidan hujjatlarni talab qilib olish va uni chaqirtirish;
  • hujjatlar va buyumlarni olib qo‘yish.

 
Hujjat qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.03.2024 yildan kuchga kirdi.

Mavzuga oid