Iqtisodiyot | 07:31 / 21.03.2024
14660
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi qariyb 10 mlrd dollarga yetdi

2024 yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 9,9 mlrd AQSh dollaridan oshgan.

Foto: Kun.uz

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2 oyda 151 ta mamlakat bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan.

Tashqi savdo aylanmasi hajmi 2023 yilning mos davri bilan solishtirilganda 940,3 mln AQSh dollariga yoki 10,5 foizga oshgan.

Tashqi savdo aylanmasining nisbatan salmoqli hissasi Xitoy (21,5 foiz), Rossiya (17,8 foiz), Qozog‘iston (5,9 foiz), Turkiya (4,4 foiz) va Koreya Respublikasida (3,7 foiz) qayd etilgan.

Mavzuga oid