Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Captiva va Lacetti to‘qnashishi oqibatida 3 kishi jarohat oldi
Mirzo Ulug‘bek tumani Do‘rmon yo‘li ko‘chasida Captiva va Lacetti to‘qnashuvi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Foto: Videodan kadr
Poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanida Captiva va Lacetti ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Joriy yilning 21 mart kuni soat 22:30 larda Mirzo Ulug‘bek tumani Do‘rmon yo‘li ko‘chasida Captiva va Lacetti rusumli avtomashinalar to‘qnashuvi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, YTH natijasida Lacetti rusumli avtomashinaning haydovchisi va 2 nafar yo‘lovchisi turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib ketilgan.
Qayd etilishicha, ular hozirda shifokorlar nazoratida.
“Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga amal qilishlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
19:01 / 10.05.2026
Andijonda “Lasetti” zovurga tushib ketdi
20:59 / 05.05.2026
Toshkentda 15 ta avtomobil ishtirokida YTH ro‘y berdi
15:39 / 26.04.2026
Jomboyda mast haydovchi YTH sodir etdi
17:48 / 23.04.2026