Jahon | 13:17 / 23.03.2024
19354
1 daqiqa o‘qiladi

Tojikiston TIV OAV vakillariga murojaat bilan chiqdi

Tojikiston tomoni respublika fuqarolarining teraktga aloqadorligi haqida Rossiya tomonidan rasmiy xabar olmagan, deyiladi TIV bayonotida.

Rus nashrlari «Krokus»da otishma uyushtirganlar Tojikiston fuqarolari ekani haqida xabar tarqatgandi.

Shu boisdan Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi OAV vakillariga murojaat bilan chiqdi.

«Hurmatli ommaviy axborot vositalari vakillari!

Moskvadagi «Krokus City» konsert majmuasida yuz bergan terakt munosabati bilan Tojikiston fuqarolarining ushbu harakatga aloqadorligi haqidagi ma’lumotlarni tarqatishga mas’uliyat bilan yondashishingizni so‘raymiz.

Teraktda Tojikiston fuqarolarining ishtiroki haqida tarqalayotgan ma’lumotlar tasdiqlanmagan va asossizdir. Shu bois ham xabar berishda rasmiy ma’lumotlarga tayanishingizni maslahat beramiz.

Yodda tutingki, tekshirilmagan va ishonchsiz ma’lumotlarning tarqalishi ayni paytda mamlakatdan tashqarida bo‘lib turgan Tojikiston fuqarolariga zarar yetkazishi mumkin», deyiladi TIV murojaatida.

Mavzuga oid