Tergov qo‘mitasi «Krokus»dagi teraktda 137 kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi
62 jasadning shaxsi aniqlangan. Jarohatlanganlar soni 180 nafarga yetgan.
Moskva shahri yaqinidagi «Krokus Siti Holl» konsert zalida sodir etilgan terakt oqibatida halok bo‘lgan 137 kishining jasadi topilgan, hududni ko‘zdan kechirish ishlari davom ettirilmoqda. Bu haqda Tergov qo‘mitasi xabar berdi.
Ayni vaqtga kelib 62 jasadning shaxsi aniqlangan, qolganlari bo‘yicha ekspertiza o‘tkazilmoqda.
Tergov qo‘mitasi xabariga ko‘ra, terakt joyida to‘rtta komplekt jangovar ammunitsiya, ikkita Kalashnikov avtomati va 500 dan ortiq patron topilgan. Minalashtirilgan jasadlar yoki minalashtirilgan buyumlar aniqlanmagan.
Idora yaqin vaqtlar ichida terakt sodir etishda gumonlanuvchilarni hibsga olish to‘g‘risida sudga murojaat qilishi haqida ma’lum qilgan.
Bungacha terakt qurbonlari soni 133 nafar ekani aytilayotgandi. FVVning Moskva oblasti bo‘yicha boshqarmasi 152 kishi jarohatlangani haqida ma’lum qilgandi.
Moskva oblasti sog‘liqni saqlash vazirligining aniqlik kiritishicha, terakt oqibatida jabrlanganlar soni 180 kishini tashkil etmoqda.
Mavzuga oid
16:13 / 20.11.2024
«Krokus»da terakt sodir etganlikda ayblanayotganlar yana 3 oy hibsda qoladi
15:12 / 09.11.2024
Pokistondagi stansiyada terakt: 24 kishi halok bo‘ldi
10:10 / 02.11.2024
«Krokus»dagi terakt: ishda to‘rt nafar yangi ayblanuvchi paydo bo‘ldi
22:10 / 25.10.2024