O‘zbekiston | 08:13 / 26.03.2024
8270
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqand va Farg‘onadan Istanbulga uchgan samolyotlar Anqaraga qo‘ndi

Samarqand va Farg‘onadan Istanbulga uchgan samolyotlar Anqaraga qo‘nishga majbur bo‘ldi.

Foto: O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi

Bosh konsulxona xabariga ko‘ra, kecha, 25 mart kuni Samarqand - Istanbul va Farg‘ona - Istanbul yo‘nalishlarida parvoz qilgan samolyotlar noqulay ob-havo shartlari sabab Anqaraning Esenboğa aeroportiga qo‘nishga majbur bo‘ldi. 

O‘zbekiston havo yo‘llarining Turkiyadagi vakolatxonasi tomonidan yo‘lovchilarni Istanbulga keltirish bo‘yicha barcha zaruriy choralar ko‘rilayotgani aytilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid