O‘zbekiston | 12:56 / 27.03.2024
5155
2 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekistonda mayning-pul faoliyati uchun qoidalar tasdiqlandi
Istiqbolli loyihalar milliy agentligining “Mayning-pul faoliyatini amalga oshirish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i qabul qilindi.
Mayning-pul – mayning jarayonini ta’minlash maqsadida hisoblash quvvatlarini birlashtiruvchi elektron platformani taqdim etuvchi tashkilot.
Mayning-pulning elektron platformasida quyidagilarni amalga oshirish taqiqlanadi:
- mayningni amalga oshirish jarayonida topilgan kripto-aktivlarni sotib olish, sotish va (yoki) boshqa kripto-aktivlarga ayirboshlash bo‘yicha operatsiyalar;
- mayning-pul ishtirokchilarining kripto-aktivlarini saqlash;
- muqaddam muomalaga kiritilgan kripto-aktivlarni mayning-pul va mayning-pul ishtirokchilarining kripto-hamyonlariga o‘tkazish;
- anonim kripto-aktivlar mayningi va boshqa operatsiyalarni amalaga oshirish.
Mayning-pul ishtirokchilarning mayningni amalga oshirishda topilgan kripto-aktivlarini (shu jumladan ularning nomidan) kripto-aktivlar bilan boshqa operatsiyalarni amalga oshirish maqsadida ishlatishga haqli emas.
Mayning-pul quyidagilar bilan shartnoma tuzishga haqli emas:
- O‘zbekiston rezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslar;
- 18 yoshga to‘lmagan shaxslar;
- majburiy identifikatsiyadan o‘tmagan milliy va xorijiy maynerlar;
- jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlariga asosan terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotganlar ro‘yxatiga kiritilgan shaxslar.
Mavzuga oid
08:10 / 17.09.2024
Ommaviy tadbirlarni o‘tkazish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritildi
14:37 / 01.06.2024
Davlat budjetini tuzish va ijro etish qoidalari e’lon qilindi
08:59 / 22.04.2024
Ikki hududda noqonuniy mayning ferma tashkil etgan shaxslar aniqlandi
07:46 / 20.04.2024