Senatning ellik birinchi yalpi majlisi 30 mart kuni chaqiriladi
Bugun, 28 mart kuni Oliy Majlis Senati kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisni Senat raisi Tanzila Norboyeva olib bordi.
Unda Senatning ellik birinchi yalpi majlisini 2024 yil 30 mart kuni chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Ta’kidlanganidek, video-konferens-aloqa tizimidan foydalangan holda o‘tkaziladigan yalpi majlisda qator masalalarni muhokama qilish nazarda tutilgan.
“Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi, “Ayrim qonun hujjatlariga sud hokimiyatining mustaqilligi kafolatlarini mustahkamlashga, sudlar faoliyati haqida jamoatchilikni xabardor qilishga hamda yagona sud amaliyotini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi, “Ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonunlar shular jumlasidandir.
Shuningdek, yalpi majlis kun tartibida “Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha Yevrosiyo guruhi to‘g‘risidagi Bitimga hamda Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha Yevrosiyo guruhi budjetini shakllantirish va ijro etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqidagi bayonnomani (Toshkent, 2022 yil 1 iyun) ratifikatsiya qilish to‘g‘risida”gi qonun ham o‘rin olgan.
Senatorlar “Xalqaro mehnat tashkilotining Ishlayotgan erkaklar va ayollar uchun teng munosabatlar va teng imkoniyatlar: oilaviy majburiyatlarga ega xodimlar to‘g‘risidagi 156-sonli konvensiyasini (Jyeneva, 1981 yil 23 iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonunni ham ko‘rib chiqadi.
Bundan tashqari, senatorlar tomonidan Oliy Majlis Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) 2023 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti eshitiladi.
Yalpi majlisda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning sifat tarkibini yaxshilash, o‘simlik va hayvonot dunyosini asrash hamda kadastrini yuritish holati yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovi yuborish masalasi muhokama qilinishi ham rejalashtirilmoqda.
Shu bilan birga, senatorlar Senat kengashining bir qator qarorlarini tasdiqlash masalasini ham ko‘rib chiqadi.
Tavsiya etamiz
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori ishdan olindi
O‘zbekiston | 11:20 / 14.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
“Xitoy bilan oramiz buzilishini istovchi davlatlar bor” – tarmoqdagi dolzarb mavzu haqida suhbat
O‘zbekiston | 15:17 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Finlandiya AQShga tuxum yetkazib berishdan bosh tortdi
Jahon | 00:25
-
Tramp Lotin Amerikasiga giyohvand moddalarga qarshi kurashda yordam ko‘rsatishni to‘xtatdi
Jahon | 00:00
-
Latviya Belarus bilan chegaradagi yagona nazorat-o‘tkazish punktini yopdi
Jahon | 23:05 / 16.03.2025
-
Yangiyo‘lda Gentra simyog‘ochga borib urildi
Jahon | 22:49 / 16.03.2025
Mavzuga oid

11:11 / 15.03.2025
2024 yilda «prava»si yo‘q haydovchilar 400 dan ortiq YTH sodir qildi – Senat javobgarlikni kuchaytirmoqchi

10:21 / 15.03.2025
AQSh Senati qisqa muddatli budjetni tasdiqlash orqali shatdaunga yo‘l qo‘ymadi

11:22 / 27.02.2025
O‘zbekistonda har 100 ming aholiga qariyb 200 tadan sodir etilgan jinoyatlar to‘g‘ri keldi

12:15 / 22.02.2025