Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada «Krokus»dagi teraktni qo‘llab-quvvatlagan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi
U terrorchilik harakatini ommaviy oqlaganlikda ayblanmoqda.
Rossiyaning Oltoy o‘lkasi, Rubsovsk shahri sudi ushbu shaharda yashovchi O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini tanlash to‘g‘risida qaror chiqardi.
Qayd qilinishicha, 1993 yilda tug‘ilgan yigit 24 mart kuni Rubsovsk shahridagi do‘konda «Krokus Siti Xoll» binosida sodir etilgan terrorchilik harakatini ochiqchasiga oqlagan.
Shundan so‘ng, Rossiya Jinoyat-protsessual kodeksining 91-92-moddalariga asosan hibsga olingan. 28 mart kuni unga nisbatan «Terrorchilik harakatini ommaviy oqlaganlik» moddasi bo‘yicha ayblov e’lon qilingan.
Sud, ayblanuvchining Rossiya jamoat xavfsizligiga qarshi o‘rtacha og‘irlikdagi jinoyatni sodir etgani, xorijiy davlat fuqarosi ekani, Rossiya hududida ro‘yxatgan o‘tmagani, doimiy yashash joyi va qonuniy daromad manbaiga ega emasligini hisobga olib, 2024 yil 26 mayga qadar (2 oy muddatga) qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini tanlagan.
Qaror qonuniy kuchga kirmagan, ayblanuvchi shikoyat berishi mumkinligi ta’kidlanmoqda.
Mavzuga oid
16:46 / 24.05.2026
Pokistonda terakt oqibatida 20 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
16:40 / 20.04.2026
Kiyevdagi terakt vaqtida politsiyachilar yosh bolani tashlab, qochib ketdi. Tafsilotlar
09:06 / 19.04.2026
Kiyevdagi otishma: «Moskvada tug‘ilgan shaxs» o‘t ochdi va supermarketda odamlarni garovga oldi
19:23 / 06.04.2026