Kitob tumaniga yangi hokim tayinlandi
Rustam G‘ofurov Qashqadaryo viloyatining Kitob tumani hokimi bo‘ldi. U bunga qadar viloyat bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i edi.

Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi
Bugun, 2 aprel kuni xalq deputatlari Kitob tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.
Qashqadaryo viloyati hokimligi xabariga ko‘ra, sessiyada deputatlar Rustam G‘ofurovni Kitob tumani hokimi lavozimiga tasdiqlashdi.
Rustam G‘afurov 1984 yilda tug‘ilgan. Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, O‘zbekiston bank akademiyasi va O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.
Tayinlovga qadar u Qashqadaryo viloyati kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Ma’lumot uchun, Kitob tumaniga 2022 yilning iyun oyidan beri O‘ktam Pardayev hokimlik qilib kelayotgandi.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Buxoroda yo‘ldan o‘tayotgan ayol ekskavator bosib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
Jamiyat | 14:39
-
AI markaziga aylanmoqchi bo‘lgan BAA, Putindan xafa bo‘lmagan Tramp va G‘azo bo‘yicha reja – kun dayjesti
Jahon | 14:29
-
«Chegarada harbiy istehkom qurdik» – Rossiya armiyasiga yollangan yana bir o‘zbekistonlik jazoga tortildi
Jahon | 14:19
-
Medinskiy Ukraina bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralardagi vazifani aytdi
Jahon | 14:09
Mavzuga oid

11:09 / 07.06.2024
Kitob o‘qib berilgan bolaning aqliy rivojlanishi kitob o‘qilmaydigan oiladagiga solishtirganda 2 baravar yuqori bo‘ladi - tadqiqot

22:09 / 21.04.2021
Kitobdagi 5-mehribonlik uyida tarbiyalanuvchilardan ko‘ra xizmatchilar soni ko‘p bo‘lgan

08:46 / 15.02.2021
Fransiya taraqqiyot agentligi ishtirokida Shahrisabz va Kitobda kanalizatsiya tizimlari rekonstruksiya qilinadi

08:25 / 14.09.2020