Vazirlar Mahkamasining “Fransiya taraqqiyot agentligi ishtirokida “Shahrisabz va Kitob shaharlarida kanalizatsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish va kengaytirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Loyiha doirasida Shahrisabz shahri bo‘yicha:
- 57,58 km kanalizatsiya kollektorlari, 279,6 km o‘zioqar (samotek) oqova quvurlarini qurish;
- 14,11 km mavjud o‘zioqar (samotek) kanalizatsiya kollektorini rekonstruksiya qilish;
- 10 dona kanalizatsiya nasos stansiyalarini qurish;
- 6,7 km yuqori bosim kollektorlarini qurish;
- 14,3 km mavjud kanalizatsiya kollektorlarini yuvish va tozalash;
- kanalizatsiya quvurlariga 27 850 dona abonent ulanishlarini qurish;
- quvvati 39,0 ming metr kub bo‘lgan oqova suv tozalash inshootini qurish;
- Shahrisabz shahar suv ta'minoti korxonasi tomonidan tizimga xizmat ko‘rsatish maqsadida mashina va mexanizmlarni xarid qilish ko‘zda tutilgan.
Kitob shahri bo‘yicha:
- o‘zioqar (samotek) 120,85 km ichki oqova tarmoqlari va 22,03 km kollektorlarni qurish;
- 4 dona kanalizatsiya nasos stansiyalarini qurish;
- 1,835 km yuqori bosim kanalizatsiya kollektorini qurish;
- kanalizatsiya quvurlariga 10 100 dona abonent ulanishlarini qurish;
- quvvati 14,0 ming metr kub bo‘lgan oqova suv tozalash inshootini qurish;
- Kitob shahar suv ta'minoti korxonasi tomonidan tizimga xizmat ko‘rsatish maqsadida mashina va mexanizmlarni xarid qilish nazarda tutilgan.
- Loyihaning umumiy miqdori – 91 882,8 ming yevro ekvivalentda.
Loyiha natijasida 2045 yil loyiha hududlaridagi demografik o‘sishni hisobga olgan holda Shahrisabz shahrida 14 foizdan 86 foizga va Kitob shahrida 0 foizdan 81 foizgacha aholi oqova suv tizimlari bilan qamrab olinishi ko‘zda tutilgan.










