O‘zbekiston | 07:33 / 03.04.2024
5392
1 daqiqa o‘qiladi

2024 yilning uch oyida qancha jinoyat fosh etilgani aytildi

O‘zbekistonda 2024 yilning uch oyida 4 562 jinoyat fosh etildi hamda qidiruvda bo‘lgan 1 265 nafar shaxs ushlandi. 

Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, huquqbuzarliklar va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Ko‘rilgan choralar natijasida mahallalarning 7 762 tasida yoki 82,2 foizida jinoyat qayd etilmadi. 1 364 tasi yoki 14,4 foizida jinoyatchilik barqaror saqlanib qolinishiga va kamayishiga erishildi. 

Tezkor-qidiruv sohasida ham nazorat kuchaytirilib, noaniq sharoitlarda sodir etilgan 4 562 ta jinoyat fosh etilishi hamda qidiruvda bo‘lgan 1 265 nafar shaxsning ushlanishi ta’minlandi. 

Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovda qonunchilikka rioya etilishini ta’minlash choralari doirasida surishtiruv va tergov organlarining 10 602 nafar shaxsga nisbatan 8 505 jinoyat ishi o‘rganilib, sudlarga yuborildi. Bevosita prokuratura organlari tomonidan 2 323 jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov o‘tkazilib, 1 960 nafar shaxsga nisbatan 1 288 jinoyat ishi sudlarga yuborildi, jinoyat oqibatida yetkazilgan 602,5 milliard so‘mlik zarar undirildi. 

Mavzuga oid