Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FIFA futzal bo‘yicha JCh-2024 qur’a tashlash marosimini Samarqandda o‘tkazadi
Futzal bo‘ymcha jahon chempionatining qur’a tashlash marosimi Samarqand shahridagi Registon maydonida bo‘lib o‘tadigan bo‘ldi.
2024 yil yurtimiz nufuzli turnir FIFA shefeligidagi futzal bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Musobaqadan oldin esa yana bir muhim voqea – turnirga qur’a tashlash marosimi o‘tkaziladi. Marosim yurtimizning eng go‘zal maskanlaridan biri, ko‘hna va hamisha navqiron Samarqand shahrining yuragi bo‘lmish Registon maydonida bo‘lib o‘tishi belgilangan.
26 may kuni Registonda o‘tkaziladigan marosimni dunyoning 200 dan ortiq mamlakati tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Go‘zal Samarqanddagi qur’a tashlash marosimi yurtimizning sport orqali o‘zini yana bir bor namoyon etishiga xizmat qiladi.

«Bugun FIFA Prezidentining futzal bo‘yicha yordamchisi, FIFA musobaqalar o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i Haime Yarza boshchiligidagi delegatsiya Samarqandga tashrif buyurdi. Delegatsiyaga Sport vaziri Adham Ikramov va O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov hamrohlik qilmoqda. Delegatsiya a’zolarini Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov kutib oldi», - deyiladi O‘FA xabarida.
Tadbir ishtirokchilari Registon maydonida qur’a tashlash marosimini tashkil etishga doir rejalar bilan tanishdi.
Ma’lumot uchun, JCh-2024 bahslari 4 sentabrdan 6 oktyabrga qadar bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
23:04 / 13.06.2026
Samarqandda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun test markazi ochiladi
16:34 / 12.06.2026
«Dunyoni biz boshqarmaymiz» – Infantino arbitr Artan AQShga kiritilmaganiga munosabat bildirdi
10:50 / 12.06.2026
Samarqandning olis tumanlariga investitsiyalar jalb etiladi
21:30 / 10.06.2026