O‘zbekistonda mahalla kutubxonalari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
“Mahallalarda aholiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni yaxshilash hamda xususiy kutubxonalarni tashkil etayotgan tashabbuskorlarni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston mahallalar uyushmasi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining:
- mahalla kutubxonalari hamda tashabbuskor fuqarolar o‘z hisobidan tashkil etgan xususiy kutubxonalar faoliyatini doimiy qo‘llab-quvvatlab borish;
- yilda bir marotaba xususiy kutubxonalar faoliyatini tashkil etgan fuqarolarni va mahalla kutubxonalari uchun mas’ul xodimlarni “Axborot-kutubxona a’lochisi”, “Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlash;
- 2024 yildan boshlab har yili xususiy kutubxonalar va mahalla kutubxonalari o‘rtasida “Yilning eng yaxshi xususiy kutubxonasi” va “Yilning eng yaxshi mahalla kutubxonasi” tanlovlarini o‘tkazish;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi kamida bittadan axborot-kutubxona muassasasida adabiyotlar hisobini yuritish, ularni saqlash va raqamlashtirish, aholiga zamonaviy axborot-kutubxona xizmatini ko‘rsatish tizimini yaratish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyat hokimliklari O‘zbekiston mahallalar uyushmasi bilan birgalikda:
2025 yildan boshlab bosqichma-bosqich mahalla kutubxonalari faoliyatini yo‘lga qo‘yadi. Bunda, dastlabki bosqichda mahalla kutubxonalari tuman (shahar) markazidan uzoq masofada joylashgan mahallalarda tashkil etiladi;
har yili mahalla kutubxonalari kitob fondini yangi adabiyotlar bilan boyitib borish choralarini ko‘radi.
Belgilab qo‘yilishicha:
- mahalla kutubxonalarining kitob fondini doimiy yangilab borish bilan bog‘liq xarajatlar Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi, mahalliy hokimliklar tomonidan ajratiladigan, shuningdek, jalb etiladigan homiylik xayriya mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;
- mahalla kutubxonalarida kutubxona ishlarini yuritish mahalla fuqarolar yig‘inlarida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar tomonidan olib boriladi;
- mahalla kutubxonalari faoliyatini uslubiy-metodik ta’minlash tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlari tomonidan amalga oshiriladi;
- xususiy va mahalla kutubxonalarini tashkil etishda, ularning faoliyat yuritishida hamda joylarda aholi o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilishda katta hissa qo‘shayotgan fuqarolarga “Axborot-kutubxona a’lochisi”, “Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishonlari Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston mahallalar uyushmasi, Yozuvchilar uyushmasi rahbar va mas’ul xodimlari hamda tuman va shahar hokimlari ishtirokida tantanali ravishda topshiriladi;
- “Yilning eng yaxshi xususiy kutubxonasi” va “Yilning eng yaxshi mahalla kutubxonasi” tanlovlari ikki bosqichda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shaharda hududiy bosqich hamda hududiy bosqich g‘oliblari o‘rtasida respublikasi bosqichi o‘tkaziladi;
- “Yilning eng yaxshi xususiy kutubxonasi” va “Yilning eng yaxshi mahalla kutubxonasi” tanlovlari bo‘yicha har biridan jami 42 nafardan g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, ular bazaviy hisoblash miqdorining 15 barobaridan 50 barobarigacha pul mukofotlari bilan taqdirlanadi;
- “Yilning eng yaxshi xususiy kutubxonasi” va “Yilning eng yaxshi mahalla kutubxonasi” tanlovlari bilan bog‘liq sarf-xarajatlar O‘zbekiston Respublikasining axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash, Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish hamda Ma’naviyat va ijodni qo‘llab-quvvatlash maqsadli jamg‘armalari hisobidan teng ulushlarda qoplanadi.
Tavsiya etamiz
Importga cheklovlar: mas’ul va faollar o‘rtasida qizg‘in tortishuv
O‘zbekiston | 22:40 / 08.04.2025
YeChLda chorakfinal. «Real» va «Arsenal» o‘yinida kim favorit?
Sport | 19:34 / 08.04.2025
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
O‘zbekiston | 23:03 / 07.04.2025
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda uch yilda noyob metallar bo‘yicha 76 ta loyiha amalga oshiriladi
Iqtisodiyot | 14:00
-
AQSh sudi AP'ning Oval kabinetga kirish huquqini tiklashni buyurdi
Jahon | 13:54
-
Tel Avivdagi namoyishlar, Eron va AQShning yadroviy muzokarasi va AQShdan Xitoyga 104 foizli boj - kun dayjesti
Jahon | 13:37
-
Lloyd’s of London O‘zbekiston sug‘urta bozorini rivojlantirishga ko‘maklashadi
Iqtisodiyot | 13:00
Mavzuga oid

12:19 / 12.03.2025
Nyu-Jyersidagi kutubxonadan 99 yil avval olingan kitob qaytarildi

17:09 / 25.01.2025
“O‘zbekistonda bunaqasi bitta”: Marhamatdagi aylana kutubxonaga sayohat

09:56 / 22.01.2025
Kriminogen vaziyat og‘ir mahallalar bilan yangicha ishlash mexanizmi joriy etiladi

14:28 / 14.01.2025