Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Telegram monetizatsiyasi ishga tushirilishi qonuniyligi o‘rganilmoqda
Agar qonun buzilishi holati aniqlansa, bunga yordam bergan provayder javobgarlikka tortilishi mumkin.
Foto: Kun.uz
O‘zbekistonda Telegram monetizatsiyasi yo‘lga qo‘yilishining qonuniyligi o‘rganilmoqda, bu haqda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktori birinchi o‘rinbosari Vyacheslav Pak ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, agar qonun buzilishi holati kuzatilsa, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar beriladi. Bunda qandaydir provayder yoki kimdir ularga bu borada yordam bersa, qonun bo‘yicha javobgarlikka tortiladi.
Shuningdek, Pak O‘zbekistonda Telegram ofisining ochilishi regulyatorga iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va qonun buzilish holatlarida jazolash imkonini berishini ta’kidladi.
«Telegram O‘zbekiston qonunchiligiga, jumladan, qonunlarimiz va cheklovlarimizga rioya qilishi, soliq to‘lashi va mamlakatda serverlarga ega bo‘lishi kerak. Bu fuqarolarimizni himoya qiladi va O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun ishlaydi», dedi u.
Avvalroq Telegram kanal egalari uchun monetizatsiyani ishga tushirgan edi. Unga ko‘ra, mingdan ortiq obunachiga ega ommaviy kanal egasi o‘z kanalida namoyish etilgan reklamadan tushgan daromadning 50 foizini olishi mumkin. To‘lov faqat raqamli kriptovaluta TON bilan amalga oshiriladi.
Monetizatsiya dasturi Rossiya, Ukraina, Falastin, Germaniya va Isroildan boshqa davlatlarda ishlaydi.
Mavzuga oid
18:35 / 05.05.2026
Telegram’dagi tuzoq – O‘zbekistonda Rossiya-Ukraina urushiga yollovchi shaxslar paydo bo‘lmoqda
23:00 / 24.04.2026
Turkiyada 15 yoshdan kichik bolalarga ijtimoiy tarmoqlarga kirish taqiqlandi
23:06 / 22.04.2026
Pavel Durovning Rossiyadagi kvartirasiga tergovga chaqiruv qog‘ozi keldi
10:22 / 11.04.2026