Hayit bayrami kunlarida harorat ko‘tarilishi kutilmoqda
9 aprel kuni ba’zi hududlarda yomg‘ir yog‘adi. 10–11 aprel kunlari esa yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat janubda +30 darajagacha ko‘tariladi.

Foto: Kun.uz
O‘zbekistonda dushanba kuni kunduzi respublika hududining katta qismida quruq va juda iliq ob-havo saqlanib turadi, harorat +22…+27, janubda 30 darajagacha iliq bo‘ladi deya xabar bermoqda «O‘zgidromet».
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va Navoiy viloyati shimolida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
9 aprel kuni Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi va havo harorati +15…+20 darajagacha pasayadi. Buxoro, Navoiy viloyatlarida faqat kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati +15…+20 darajagacha pasayadi.
10–11 aprel kunlari O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati yana +22…+27 darajagacha, janubda +30 darajagacha ko‘tariladi.
12–14 aprel kunlari beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda momaqaldiroq bo‘ladi. Harorat asosan kechalari +7…+12 daraja, kunduz kunlari +18…+23 daraja bo‘ladi. Respublika shimolida yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli kam.
Tog‘li hududlarda 9 aprel va 12–14 aprel kunlari vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, baland tog‘larda qor) bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi. Respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 15–20 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin.
Toshkent shahrida esa dushanba kunduzi havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat +24…+26 daraja bo‘ladi. 9 aprelda ertalab va kunning birinchi yarmida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Harorat +16…+18 daraja bo‘ladi.
10–11 aprel kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat +22…+24 daraja bo‘ladi. 12 aprelda kunning ikkinchi yarmida va 13–14 aprel kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Harorat +18…+23 daraja bo‘ladi. Harorat asosan kechalari +7…+12 daraja bo‘lishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
O‘zbekiston | 17:00 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
O‘zbekiston | 14:30 / 27.05.2025
“Viza berishni osonlashtirish haqida gap-so‘z yo‘q” – AQSh elchixonasi
O‘zbekiston | 19:28 / 26.05.2025
Makron Vetnamga tashrifi chog‘ida rafiqasidan shappati yedi
Jahon | 16:40 / 26.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Jasorat maktablari»ga o‘quvchilarni qabul qilish tartibi tasdiqlandi
O‘zbekiston | 10:10
-
Germaniya tashqi ishlar vaziri: Ukrainadagi urush borasidagi pozitsiyamiz AQSh bilan bir xil
Jahon | 09:50
-
Toshkent viloyatida ko‘p miqdordagi narkotik bilan bog‘liq jinoyat fosh etildi
Jamiyat | 09:20
-
NYT: Tramp dunyoni AQSh, Rossiya va Xitoy o‘rtasida bo‘lish niyatida
Jahon | 09:09
Mavzuga oid

12:21 / 28.05.2025
O‘zbekistonning 9 viloyatida sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi

11:24 / 26.05.2025
Hafta davomida harorat pasayib, joylarda yomg‘ir yog‘adi

22:27 / 22.05.2025
8 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfi bo‘lishi e’lon qilindi

13:12 / 21.05.2025