Toshkent-Mumbay yo‘nalishida havo qatnovi yo‘lga qo‘yildi
Uzbekistan Airways milliy aviakompaniyasi tomonidan Toshkent va Hindistonning Mumbay shahri o‘rtasidagi havo qatnovi yo‘lga qo‘yildi.
"Dunyo" xabariga ko‘ra, endi mazkur ikkita yirik megapolis o‘rtasida Airbus A320 Neo havo laynerlarida haftasiga ikki marta parvozlar amalga oshiriladi.
Yangi xalqaro havo ko‘prigining barpo etilgani qariyb 120 million aholi yashaydigan Maharashtra shtati hamda unga qo‘shni hududlarning tadbirkorlari, akademik doiralar vakillari, madaniyat va boshqa sohalar xodimlari uchun ikki tomonlama aloqalarni yana mustahkamlash uchun qulay sharoit yaratdi. Shuningdek, sayohat ishqibozlari uchun turizmning yangi yo‘nalishlari, jumladan, tog‘-chang‘i, ziyorat, ekologik turlarini o‘zlashtirish, nikoh marosimlarini o‘tkazish, kino ijodkorlari tomonidan filmlar suratga olishda yangi lokatsiyalar kashf qilish uchun keng imkoniyatlar taqdim etmoqda.
Mumbaydan O‘zbekiston poytaxti tomon yo‘l olgan birinchi reys 70 foizdan ko‘proq miqdorda to‘ldirildi.
Uzbekistan Airways aviakompaniyasining xorijiy davlatlar, jumladan, Hindistonga parvoz geografiyasi kengayib boryapti, Mumbayga aviaqatnovlar qayta yo‘lga qo‘yilgach hind shaharlariga parvozlar soni haftasiga to‘qqiz martaga yetdi.
Mavzuga oid
21:58 / 04.11.2024
Sariq va qizil ranglarda tovlanayotgan Toshkent - fotojamlanma
17:42 / 04.11.2024
Xavfsizlik chegarasidan 80 barobar yuqori: Lahor dunyoning havosi eng iflos shaharlaridan biri
08:10 / 04.11.2024
Toshkentda “Yashil shahar” kuni o‘tkaziladi
19:25 / 31.10.2024