O‘zbekiston | 18:35 / 09.04.2024
3360
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston-Turkmaniston qo‘shma demarkatsiya komissiyasi yig‘ilishi o‘tkazildi

Davlat chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha ishlar davom ettirildi.

2024 yil 1-7 aprel kunlari Nukus shahrida O‘zbekiston-Turkmaniston qo‘shma demarkatsiya komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston-Turkmaniston davlat chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha ishlar davom ettirildi. Shuningdek, O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi Davlat chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning qo‘shma majlisiga tayyorgarlik ko‘rish masalasi muhokama etildi.

Qayd qilinishicha, uchrashuv an’anaviy do‘stlik va o‘zaro hamjihatlik muhitida o‘tdi. Tadbir yakunida tegishli bayonnoma imzolandi.

Navbatdagi uchrashuv Turkmaniston hududida bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid