Turkmenportal naşri savdo «Şovot-Toşhovuz» zonasi bilan boğliq qoidalarni tuşuntirdi. Qayd qilinişiça, zonaga kiriş alohida nazorat punktlari orqali taşkil etilgan. Zona çakana savdo operatsiyalarini amalga oşirişga imkon beruvçi «erkin bojxona zonasi» sifatida faoliyat yuritadi. Unga 15 kungaça vizasiz kiriş mumkin.

Savdo zonasining umumiy maydoni 6 gektarni taşkil etadi - çegaraning har ikki tomonida 3 gektar. Hudud alohida xalqaro kelişuv asosida kengaytirilişi mumkin. Zona 30 yilga taşkil etilgan bölib, uni yanada kengaytiriş imkoniyati mavjud.

Hududda çakana savdo pavilonlari, omborlar, konteyner maydonçalari va tadbirkorlar uçun iş joylari mavjud. Zamonaviy texnologiyalar yordamida tovarlarni saqlaş, saralaş, sotiş va taşiş tizimlari yaratilgan.

Tadbirkorlar uçun bojxona, soliq, sertifikatlaş, fitosanitariya, veterinariya va transport xizmatlarini körsatuvçi yagona markaz oçildi. Şuningdek, hududda direksiya, bojxona, karantin, fitosanitariya va veterinariya xizmatlari uçun ma’muriy binolar joylaşgan.

Bank xizmatlari va valuta ayirboşlaş şoxobçalari, mehmonxonalar, tibbiyot markazi, keng avtoturargoh va boşqa infratuzilma uçun şaroitlar yaratilmoqda. Davlat xizmatlarini körsatiş uçun interaktiv tizimlar joriy etildi.

Ta’kidlanişiça, zonada faqat Turkmaniston va Özbekistonda işlab çiqarilgan mahsulotlar sotiladi.