Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda oiladagi zo‘ravonlik jinoyat deb hisoblanadigan qonun qabul qilindi
Qonun oiladagi zo‘ravonlik va qasddan badanga yengil shikast yetkazish uchun jazoni kuchaytiradi.
Qozog‘iston Senati ikki o‘qishda «Qozog‘iston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ayollar huquqlari va bolalar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonunni ma’qulladi. Endi qonun tasdiqlash uchun prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayevga yuboriladi.
Qonun oiladagi zo‘ravonlik va qasddan badanga yengil shikast yetkazish uchun jazoni kuchaytiradi: endi bunday xatti-harakatni sodir qilganlar jinoiy javobgarlikka tortiladi. Jumladan, jarima, jamoat ishlari yoki 50 sutkagacha qamoq. Bungacha zo‘ravonlar faqat ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Endi jismoniy zo‘ravonlik va voyaga yetmaganlarga nisbatan zo‘ravonlik bilan bog‘liq jinoyatlar uchun jinoiy protsessda tomonlarning yarashuviga imkon berilmaydi. Shuningdek, Jinoyat kodeksiga «O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxslarga nisbatan jinsiy tahqirlash» moddasi kiritiladi. Qonunda o‘z joniga qasd qilishni targ‘ib qilish ham jinoiy javobgarlikka tortilishi belgilangan.
Shu bilan birga, Ma’muriy javobgarlik kodeksiga bolalarga taalluqli quyidagi moddalari kiritiladi:
- voyaga yetmagan bolaning xavfsizligini ta’minlash choralarini ko‘rmaganlik uchun ota-onalarning yoki boshqa qonuniy vakillarning javobgarligi;
- voyaga yetmaganni qo‘rqitish (bezorilik, kiberbulling) uchun javobgarlik;
- ota-onasi va (yoki) qonuniy vakili hamrohligisiz sayohat qilayotgan o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsni jamoat transportidan majburan tushirib yuborganlik uchun javobgarlik.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Qozog‘istonda so‘nggi to‘rt yarim yil ichida oiladagi zo‘ravonlikdan 869 kishi halok bo‘lgan. Og‘ir tan jarohati yetkazish bo‘yicha 2086 ta holat qayd etilgan. 2023 yilda huquq-tartibot organlariga oilaviy zo‘ravonlik bo‘yicha 100 mingga yaqin murojaat kelib tushgan. Bu so‘nggi besh yilga nisbatan uch barobar ko‘pdir.
Mavzuga oid
10:14 / 21.05.2026
Farg‘onada ayol erini urgani uchun oilaviy zo‘ravonlikda ayblandi
12:22 / 15.01.2026
Toshkentda xotinini to‘yga yubormaslik uchun yerto‘laga qamab qo‘ygan erkak 3 yilga qamaldi
13:34 / 26.12.2025
Prezident: ayolni muammosi bilan yolg‘iz qoldirishga hech kimning haqqi yo‘q
21:39 / 15.12.2025