Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada migrantlar uchun rus tili imtihonini o‘zgartirish taklif etildi
Rus tili instituti Rossiyaga kelayotganlar uchun imtihonlarni o‘zgartirishni taklif qildi.
Pushkin nomidagi rus tili instituti Rossiyaga kelayotganlar uchun rus tili imtihonini o‘zgartirishni, uni murakkab qilishni taklif etdi.
Institut rektori Natalya Truxanovskaya so‘zlariga ko‘ra, mehnat migrantlari uchun imtihonning og‘zaki qismini qaytarish tavsiya etiladi. U 2021 yilda imtihondan (nafaqat rus tili, balki tarix va qonunchilikni ham o‘z ichiga oladi) olib tashlangan edi. Ammo Truxanovskaya «og‘zaki jonli muloqot bo‘lajak mehnat migranti o‘z kasbini munosib darajada bajara olishining, jamiyatda ijtimoiylashuvining asosiy kafolati», deb hisoblamoqda.
«Migrant Rossiya tarixini bilishi va Moskva xaritasida Qizil maydonni qanchalik tez topishi unchalik muhim emas. U ruscha nutqni tushunishi kerak», deb qo‘shimcha qildi institut rahbari.
Bundan tashqari, institut yashash uchun ruxsatnoma yoki fuqarolikni olish uchun testni baholashni qayta ko‘rib chiqishni taklif qildi, bunda maksimal 100 balldan 50 ball emas, balki 80 ball to‘plangan bo‘lsa, imtihondan o‘tilgan hisoblanadi.
Truxanovskaya so‘zlariga ko‘ra, institut takliflari «rezonans beradi», lekin ularni amalga oshirish «har doim ham oson emas».
Mavzuga oid
09:01 / 13.05.2026
AQSh bilan mehnat migratsiyasi bo‘yicha yangi kelishuvlarga erishildi
18:17 / 20.04.2026
Germaniyaga 40 ming hamshira: O‘zbekiston yangi mehnat bozorlarini ochadi
09:41 / 06.04.2026
Xorvatiya o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun eshiklarni ochishi mumkin
08:25 / 06.02.2026