Jahon | 20:43 / 15.04.2024
11186
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvada migrantlar bir paket armatura uchun mushtlashdi

Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolaridan 20 nafari politsiya tomonidan ushlangani ta’kidlanmoqda. 

Moskva shahrida mehnat migrantlari qurilish materiallari uchun janjallashdi. 

Baza xabariga ko‘ra, hodisa 14 aprel kuni «Metronom» turar-joy majmuasi qurilishida sodir bo‘lgan. Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolari armatura paketi ustidan janjallashgan. Dastlab quruvchilar mushtlashgan, keyin bir-birini toshbo‘ron qilgan. 

Hodisa joyiga politsiya chaqirilgan. Oqibatda, 20 kishi politsiya bo‘limiga olib ketilgan. Hech kim jiddiy jarohat olmagan va tibbiy yordam talab qilinmagan.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid