Jahon | 23:24 / 19.04.2024
8414
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Xitoyni Ukrainadagi urushni bilvosita avj oldirayotganlikda aybladi

Xitoyning ko‘magi Rossiyaga Ukrainaga qarshi bosqinchilik urushini davom ettirishga yordam bermoqda, dedi AQSh davlat kotibi Entoni Blinken.

Foto: Getty Images

Italiyaning Kapri orolida G7 diplomatiyasi rahbarlarining uchrashuvidan so‘ng, Blinken Pekinni Ukrainadagi urushni bilvosita avj oldirayotganlikda aybladi. Gap Rossiya mudofaa sanoati uchun butlovchi qismlar yetkazib berish haqida bormoqda, deb yozdi Le Monde.

«Bu Rossiyaga Ukrainaga qarshi tajovuzni davom ettirish imkonini bermoqda», dedi u jurnalistlarga.

Avvalroq Blinken NATO ittifoqchilariga ham shu mazmundagi gaplarni aytgan edi. Jumladan, «Xitoy Rossiyaga keng miqyosda yordam bermoqda, bu AQSh uchun tashvishli», degan edi. U ittifoqchilarni Xitoyga o‘z xavotirlarini bildirishga, Rossiya bilan hamkorlikni qoralashga va Rossiya sanoat bazasini mustahkamlovchi kompaniyalarga ta’sir o‘tkazishga harakat qilishga chaqirdi.

AQSh prezidenti Jo Bayden ham Xitoy yetakchisi Si Jinping bilan telefon suhbati chog‘ida Xitoy Rossiyaga harbiy-sanoat bazasini tiklashda yordam bermasligi kerakligini ta’kidlagan edi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid