Britaniya «eng qirg‘inchi» tank ishlab chiqarish boshlanganini e’lon qildi
Challenger 3 asr o‘rtalariga qadar Britaniyaning asosiy tanki bo‘lib qoladi.
Germaniyaning Rheinmetall korxonasi Buyuk Britaniya uchun eng yangi Challenger 3 tankining sakkizta prototipini ishlab chiqardi, sinovlar davom etmoqda. Bu haqda Buyuk Britaniya hukumati xabar berdi.
Umuman olganda, armiyaga ushbu rusumdagi 148 ta tank yetkazib berish rejalashtirilgan. Challenger 3 mamlakatda 2040 yilgacha xizmat qilishi kutilmoqda.
«Borgan sari xavf ortayotgan dunyoda Challenger 3 kabi tanklarga ehtiyoj juda muhim, chunki Buyuk Britaniya duch keladigan tahdidlar kuchaymoqda. Bu tank Britaniya armiyasining jangovar salohiyatining tayanchi va tiyib turuvchi kuchlarining ajralmas qismi bo‘ladi», dedi Mudofaa vaziri Grant Shapps.
Londonning ta’kidlashicha, Challenger 3 ilg‘or zirh va eng so‘nggi texnologiyaga ega bo‘lib, «bu Britaniya armiyasi tomonidan ishlatiladigan eng qirg‘inchi va bardoshli tankdir». Gap NATO o‘q-dorilari bilan mos keladigan silliq stvolli pushka, shuningdek, yaxshilangan zirh va sensorlar haqida ketmoqda.
Oldingi model - Challenger 2 tankini ishlab chiqarish 30 yil oldin, 1994 yilda boshlangan va 4 yildan so‘ng foydalanishga topshirilgan edi.
Mavzuga oid
21:42 / 19.12.2024
Britaniya Ukraina askarlarini tayyorlash uchun Ukrainaga o‘z instruktorlarini yuboradi
15:12 / 13.12.2024
Tayvan armiyasi o‘z tanklarni dronlardan himoya qilishning yangi usulini ko‘rsatdi
21:56 / 11.12.2024
Britaniya birinchi marta dronni lazer yordamida urib tushirdi
12:32 / 06.12.2024