O‘zbekiston | 10:42 / 21.04.2024
12417
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonga yana bitta Airbus A320neo samolyoti keltirildi

Shu tariqa O‘zbekistonda o‘rta masofalarga parvoz qilishga mo‘ljallangan bunday samolyotlar soni 23 taga yetgan.

Foto: Uzbekistan Airways

O‘zbekistonga yana bitta Airbus A320neo samolyoti olib kelindi. Bu haqda Uzbekistan Airways matbuot xizmati xabar bermoqda.

Samolyot Toshkent xalqaro aeroportiga 2024 yil 20 aprel kuni qo‘ngan. 170 o‘rindiqli, ikki klassli samolyot Tayvanning Taynan shahridan uchib kelgan.

Havo kemasini yetkazib berish aviakompaniyaning tajribali uchuvchilari – Airbus parvoz otryadi sardori o‘rinbosari Amrillo Nutfullayev va havo kemasi sardori Ivan Zinovev tomonidan amalga oshirildi. Tez orada layner parvozlar jadvaliga kiritiladi va muntazam hamda charter aviaqatnovlarni amalga oshirishni boshlaydi”, deyiladi xabarda.

2023 yil yanvar oyida “Dunyo” axborot agentligi Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Airbus bilan A320neo oilasiga mansub 12 ta samolyot xarid qilish bo‘yicha shartnoma imzolagani haqida xabar bergandi.

Mavzuga oid