Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini e’lon qildi
Qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi Knauf 30 yillik faoliyatidan keyin Rossiya Federatsiyasida ishlashni to‘xtatmoqda. Kompaniya Rossiya bozorini tark etish sabablarini ochiqlamadi, bu faqat «joriy voqealar» fonida sodir bo‘layotganini bildirdi.
Germaniyaning Knauf qurilish materiallari ishlab chiqaruvchisi Rossiya bozoridagi ishlarni butunlay to‘xtatmoqda. 22 aprel, dushanba kuni dunyoga mashhur oilaviy konsern «Knauf guruhi hozirgi voqealar fonida Rossiyada 30 yildan ko‘proq vaqt davom etgan faoliyatdan so‘ng u yerdagi biznesini tashlab ketishga qaror qilganini» tasdiqladi.
Kompaniya bayonotida aytilishicha, 4000 dan ortiq xodimning ish joyini saqlab qolish uchun butun biznesni, jumladan, xomashyo qazib olish, ishlab chiqarish va sotishni mahalliy boshqaruvga o‘tkazishga qaror qilingan. Rossiya rasmiylari buni hali ma’qullashi talab etiladi.
Knauf Rossiyadagi biznesini tashlab ketishining aniq sabablarini ochiqlamadi. Yaqinda 2022 yilda aylanmasi 15,4 milliard yevroni tashkil etgan konsern Rossiya Federatsiyasidagi, shuningdek, Rossiya tomonidan egallab olingan Ukrainaning Mariupol shahridagi faoliyati tufayli tanqid ostiga olingandi. 2022 yil fevral oyida Rossiyaning Ukrainaga qurolli hujumidan beri barcha nemis kompaniyalari allaqachon Rossiyani tark etgan.
Mavzuga oid
19:29 / 22.09.2025
Rossiya har qanday tahdidlarga javob berishga qodir – Putin
15:20 / 22.09.2025
Qrim «hokimiyati» Ukraina Forosga zarba berganini ma’lum qildi
14:35 / 22.09.2025
Germaniya Boltiq dengizidagi Rossiya samolyoti tufayli qiruvchilarini havoga ko‘tardi
12:25 / 22.09.2025