Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vladimir Putinning inauguratsiya sanasi belgilandi
Mart oyida bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovida Vladimir Putinni saylovchilarning 87,28 foizi qo‘llab-quvvatlagan edi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning inauguratsiyasi 7 may kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Federatsiya Kengashining Konstitutsiyaviy qonunchilik qo‘mitasi rahbari Andrey Klishas qo‘mita yig‘ilishida ma’lum qildi.
TASS xabariga ko‘ra, marosim oldidan, 6 may kuni senatorlar COVID-19 uchun PZR testidan o‘tadilar.
Bu Putinning prezident sifatidagi beshinchi inauguratsiyasi bo‘ladi.
Mart oyida bo‘lib o‘tgan saylovda Vladimir Putinni saylovchilarning 87,28 foizi qo‘llab-quvvatlagan edi. Saylovchilarning 77,49 foizi (87,5 mln) ovoz berish jarayonida ishtirok etdi.
Mavzuga oid
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
14:20 / 11.06.2026
Rossiyadan ketgan fuqarolarning mol-mulki xatlanishi mumkin
09:15 / 09.06.2026
Putin va Netanyahuga order bergan prokuror vaqtincha ishdan olindi
20:34 / 08.06.2026