Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada 53 yoshli o‘zbekistonlik zinadan yiqilib vafot etdi
Uning O‘zbekistondagi yaqin qarindoshlari qidirilmoqda.
Aprel oyi o‘rtalarida Istanbul shahrining Sultonbeyli tumanida vaqtincha yashayotgan va ish faoliyatida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi zinadan yiqilishi oqibatida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, 1971 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan Rustamov Qahramon Azamovich ish joyida zinadan yiqilib, xushini yo‘qotgan va voqea joyida vafot etgan.
Hozirgi vaqtda fuqaroning jasadi morgda saqlanmoqda, uning O‘zbekistondagi yaqin qarindoshlari yoki tanishlari qidirilmoqda.
Mavzuga oid
18:08 / 09.06.2026
Istanbulda o‘zbekistonlik 6 yoshli bola tramvay ostida qolib, vafot etdi
13:14 / 07.06.2026
Olti yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada ushlandi
20:00 / 05.06.2026
To‘rt bolaning “boshini yegan” elektromopedmi yoki?.. - Paxtachidagi fojia tafsilotlari
18:02 / 02.06.2026