Jahon | 10:32 / 25.04.2024
1851
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya hukumati qo‘poruvchilik uchun 35 yilgacha qamash g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi

Davlat dumasi diversiya uchun maksimal jazoni 30 yildan 35 yilgacha oshirish bo‘yicha tuzatishlar tayyorladi va uni hukumatga kiritishni rejalashtirmoqda.

Foto: Sergei Fadeichev/dpa/TASS/picture alliance

Rossiya hukumati qo‘poruvchilik jinoyatlari uchun (Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 281-281.3-moddalari) maksimal jinoiy javobgarlikni 30 yildan 35 yilgacha oshirish taklifini qo‘llab-quvvatladi, dedi Davlat dumasining Xavfsizlik va korrupsiya qarshi kurash qo‘mitasi rahbari Vasiliy Piskarev 24 aprel, chorshanba kuni.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksiga tegishli o‘zgartirishlarni u hamkasblari bilan birgalikda tayyorlab qo‘ygan va «yaqin kelajakda» hukumatga kiritiladi. Jinoyat kodeksining tegishli moddasiga ko‘ra, maksimal jazoni 30 yildan 35 yilgacha oshirish taklif qilinmoqda. Deputat Jinoyat kodeksining ushbu moddalariga yana qanday o‘zgartirishlar kiritish taklif qilinayotganini ochiqlamadi. 

Deputat tuzatishlar zaruratini «diversiya faolligi kuchayishi» bilan izohladi

Bundan tashqari, siyosiy, mafkuraviy, irqiy, milliy yoki diniy adovat asosida sodir etilgan mulkni qasddan yo‘q qilish yoki shikastlash uchun javobgarlikni oshirish taklif etilyapti (Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi). Ushbu moddada ko‘rsatilgan maksimal jazo hozirda 5 yilga ozodlikdan mahrum etishni tashkil qiladi.

«Ushbu tuzatishlar maxsus operatsiya (Ukrainadagi urush) sharoitida xavfsizlikni mustahkamlash uchun muhim va hukumat ularni qo‘llab-quvvatladi», deb yozadi Piskarev. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid