O‘zbekiston | 21:18 / 25.04.2024
4231
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent - Markaziy Osiyoda jamoat transporti yo‘lkira narxlari eng arzon poytaxt  

Markaziy Osiyo davlatlari poytaxtidagi jamoat transporti yo‘lkira haqi taqqoslab ko‘rildi.

Toshkent shahri jamoat transportida yo‘lkira haqi Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari poytaxtlariga nisbatan arzonroq. Bu haqda Asia-Plus tadqiqotida aytiladi. 

Nashr Tojikiston (Dushanbe), O‘zbekiston (Toshkent), Qozog‘iston (Ostona), Turkmaniston (Ashxobod) va Qirg‘iziston (Bishkek) poytaxtlaridagi jamoat transporti yo‘lkira narxlarini taqqoslab ko‘rdi. Tushunish oson bo‘lishi uchun narxlar AQSh dollarida keltirildi. 

Ma’lum bo‘lishicha, Toshkentda jamoat transporti yo‘lkira narxlari boshqa poytaxtlarga nisbatan arzonroq. Bishkek shahrida esa aksincha, qimmatroq. 

Avtobus yo‘lkira haqi:

- Toshkent - $0,11;

- Ashxobod - $0,12;

- Dushanbe - $0,17;

- Ostona - $0,20;

- Bishkek - $0,35. 

Trolleybus yo‘lkira haqi:

- Ashxobod - $0,12;

- Dushanbe - $0,14;

- Bishkek - $0,23. 

Marshrutdagi taksi yo‘lkira haqi:

- Toshkent - $0,14;

- Dushanbe - $0,23;

- Ashxobod - $0,24;

- Ostona - $0,34;

- Bishkek - $0,46. 

Metro yo‘lkira haqi:

- Toshkent - $0,16;

- Ostona - $0,41. 

Taksi (1 km) yo‘lkira haqi:

- Toshkent - $0,28;

- Dushanbe - $0,28;

- Ostona - $0,46;

- Ashxobod - $0,94;

- Bishkek - $1,16.

Mavzuga oid