O‘zbekiston | 08:00 / 27.04.2024
1940
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyada qiyin ahvolda ahvolda qolgan o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi, deb xabar bermoqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi.

Foto: Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi

Agentlikning Rossiyadagi vakillari hududlardagi turli korxonalarda bo‘lib, ish beruvchilar va mehnat migrantlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi

Xususan, Sankt-Peterburgdagi “Viborjyes”, “Personal partner”, “GK Trud”, “Barakat”, Krasnodardagi “Yug-Master”, “Stroy i Tochka”, “Leviy Bereg”, Voronejdagi “Izumrudniy”, “Ekostroy”, Kalugadagi “Meros” va Ryazandagi korxonalarda ishlayotgan yurtdoshlar va ularning ish beruvchilari bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

Uchrashuvlarda xorijiy ishchi kuchiga ehtiyoji mavjud korxonalarga tashkiliy tarzda O‘zbekiston fuqarolarini ishga jalb qilish imkoniyatlari to‘g‘risida fikr almashildi. Mehnat migrantlari bilan uchrashuvda O‘zbekistonda migratsiya sohasida qabul qilinayotgan yangi qaror va qonunchilik normalari, chet elda mehnat qilish uchun yaratilayotgan sharoit va qulayliklar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Ularning yashash va ish sharoitlari o‘rganildi.

Novosibirsk va Kalugada ishlayotgan yurtdoshlarning hujjatlari ish beruvchidan olib berildi. Voronej hamda Volgogradda ishlayotgan fuqarolarga huquqiy yordam ko‘rsatildi.

Sankt-Peterburg hamda Krasnoyarskda qiyin ahvolda qolgan fuqaro Sankt-Peterburg - Farg‘ona, Krasnoyarsk - Namangan aviareyslari orqali O‘zbekistonga qaytarildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid