Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda tol daraxtini shikastlagan fuqaro 8,5 mln jarima to‘laydigan bo‘ldi
Foto: Namangan viloyat Ekologiya boshqarmasi
Namangan viloyati Kosonsoy tumanida tol daraxtini shikastlagan fuqaro 8,5 mln to‘laydigan bo‘ldi. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi xabar berdi.
Kosonsoy tuman Ekologiya atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi xodimlari tomonidan hududlarda belgilanmagan joyga chiqindi tashlash, noqonuniy daraxt kesish va shikast yetkazishning oldini olish maqsadida reyd tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida tumanning Ozod mahallasida yashovchi fuqaro U.M. ariq bo‘yida o‘sib turgan tol daraxtini tegishli ruxsatnomalarsiz o‘sishdan to‘xtash darajasida shikastlantirgani aniqlandi.
Holat yuzasidan fuqaro U.M.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgani sababli ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 8 500 000 so‘m jarima tayinlandi.
Mavzuga oid
13:34 / 26.11.2025
Namanganda Onix urib ketishi oqibatida yana bir YPX xodimi halok bo‘ldi
17:41 / 20.10.2025
To‘yda yurgan pedofillar yoxud “uchdan keyin puch” bo‘ladimi?
12:15 / 17.10.2025
Namanganda 38 yoshli pedofil 7 yoshli qizchani zo‘rladi
14:58 / 26.09.2025