Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston bosh vaziri O‘zbekistonga xizmat safari bilan keladi
Oqilbek Japarov Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiya yig‘ilishida ishtirok etadi.
2-3 may kunlari Qirg‘iziston bosh vaziri Oqilbek Japarov amaliy tashrif bilan Toshkentga keladi. Bu haqda Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Japarov Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiya yig‘ilishida hamda Toshkentda bo‘lib o‘tadigan uchinchi xalqaro investitsiya forumida ishtirok etadi.
Shuningdek, tadbirlar doirasida energetika va qurilish sanoatida faoliyat yurituvchi xalqaro kompaniyalar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish, qurilish loyihalari bosh rejalari bilan tanishish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
19:57 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuzning ortga qaytarilishi sababi ma’lum qilindi
15:28 / 28.05.2026