Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bo‘stonliq tumaniga olib boruvchi avtomobil yo‘li vaqtincha yopiladi
1-2-3 may kunlari Bektemir-Chorbog‘ qo‘rg‘oni avtomobil yo‘lining 34-54 kilometrlari oralig‘ida transport harakati cheklanadi. Bo‘stonliq tumaniga tashrif buyuruvchi fuqarolarga Chirchiq shahri orqali harakatlanish tavsiya etildi.
Bo‘stonliq tumaniga olib boruvchi avtomobil yo‘li velosport musobaqasi sababli ma’lum vaqtga yopiladi.
Sportning velosport-shosse turi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazilishi munosabati bilan joriy yilning 1-2-3 may kunlari soat 08:00 dan 14:00 ga qadar 4R12 Bektemir-Chorbog‘ qo‘rg‘oni avtomobil yo‘lining bir qismi yopiladi.
Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabariga ko‘ra, yo‘lning 34-54 kilometrlari oralig‘ida transport vositalari harakati cheklanadi. Bunda, Chirchiq shahriga kirishda joylashgan platina yaqinida start, G‘azalkent shahriga kirish qismida finish bo‘ladi.
Bo‘stonliq tumaniga tashrif buyuruvchi fuqarolarga Chirchiq shahri orqali harakatlanish tavsiya etildi.
Mavzuga oid
09:05 / 25.04.2026
Fransiya okean ustida eng qimmat yo‘lni qurmoqda
20:33 / 10.04.2026
So‘xni Farg‘ona bilan bog‘laydigan eng qisqa yo‘nalishda yangi yo‘l quriladi
09:50 / 23.03.2026
«Malika» bozori yaqinida harakatni qayta tashkil etish rejalashtirilmoqda
12:21 / 18.03.2026