Jahon | 18:48 / 04.05.2024
11264
13 daqiqa o‘qiladi

Ko‘zini yo‘qotgan ukrain askarlari va Tokmakdagi vayrongarchiliklar. Urush suratlari

Ukrainada urushning 800-kuni o‘tdi.

Ko‘rish qobiliyatini yo‘qotgan ukrain harbiylari hayoti

Fevral oyida Ukraina urushda ko‘rish qobiliyatini yo‘qotgan askarlar va tinch aholi vakillarini bepul o‘qitish bo‘yicha dasturni ishga tushirgandi. Oliy Rada saytiga ko‘ra, dastur kundalik va ish ko‘nikmalarini, shuningdek ruhiy yordam ko‘rsatishni o‘z ichiga oladi. Loyiha tashabbuskorlaridan biri, Oliy Rada deputati Anna Purtova The Washington Post muxbiriga aytishicha, so‘nggi ikki yilda Ukraina qurolli kuchlarining kamida mingta jangchisi ko‘zidan ayrilgan. Nashrning aniqlik kiritishicha, ukrain shaharlari hozircha so‘qir odamlar harakati uchun moslanmagan: svetoforlar piyodalarga signal bermaydi, mashinalar ko‘pincha trotuarlarga joylashtiriladi, yo‘l ko‘rsatuvchi kuchuklar esa juda kam uchraydi.

Denis Abdulin snaryad parchasi uning chap qulog‘i orqali bosh chanog‘iga sanchilganida va o‘ng ko‘zidan chiqib ketganidan keyin ko‘rish qobiliyatini yo‘qotgan. Bu aprel oyida Severodonetskda ro‘y bergan. Hozir Abdulin 35 yoshda, u Kiyev yaqinidagi Belaya Tserkovda yashaydi va rafiqasi Olesya bilan ikki farzandini, Vadim va Davidni tarbiyalamoqda
Oksana Parafeniuk / The Washington Post / Getty Images
47 yoshli Ruslan Kozachok «Port»ning Kiyevdagi ofisida — bu deputat Anna Portovaning urush qatnashchilari va ularning oilalariga yordam ko‘rsatuvchi proyektidir. Kozachok keng ko‘lamli bosqinning ilk kunlarida ko‘ngilli sifatida jangga otlangan. U Chasiv Yarda snaryad parchasi bosh chanog‘iga sanchilganida ko‘zidan ayrilgan. 10 oy muqaddam u va rafiqasi Yuliyaning oilasida Izabella tug‘ilgandi. Ruslan uni hech qachon ko‘rmagan
Oksana Parafeniuk / The Washington Post / Getty Images
Denis Abdulin endi oldingi kabi omborxonada ishlay olmaydi. O‘tgan yili u «Port»da massajistlikni o‘rgangandi. Endi u ijaraga olingan binoda mijozlarni qabul qilmoqda va qachondir o‘z studiyasini ochishga umid qilmoqda
Oksana Parafeniuk / The Washington Post / Getty Images
Sobiq tatu-master Ruslan Kozachok ko‘zi bilan birgalikda o‘z kasbi bilan shug‘ullanishdan ham mahrum bo‘lgan. U endi kim bo‘lib ishlashini bilmaydi — ammo umrida birinchi marta qoyaga chiqish sporti bilan shug‘ullanmoqda. Skalodrom egasi uni uyidan klubga olib keladi va mashg‘ulotlar vaqtida yo‘nalish berib turadi
Oksana Parafeniuk / The Washington Post / Getty Images
Ivan Sorok 27 yoshda. U 2022 yil avgustida, Baxmutdan chekinish chog‘ida ko‘rish qobiliyatini yo‘qotgan. 2023 yil kuzida Ivan Vladislavaga uylangan: ular 2022 yil aprelida tanishishgandi, iyunda esa Sorok frontga ketgan. O‘tgan oyda ularning oilasida Svyatoslav tug‘ildi
Oksana Parafeniuk / The Washington Post / Getty Images
Oksana Parafeniuk / The Washington Post / Getty Images

Rossiyaning Odessadagi pochta terminaliga zarbasidan keyingi yong‘in

Rossiya qo‘shini deyarli har kuni Odessa bo‘ylab raketa zarbalari bermoqda va dronlar bilan hujum qilmoqda. Bu hujumlar nishoni energetika obektlari va port infratuzilmalari, turar joylar va ma’muriy binolar, sanoat korxonalari hamda omborxonalar bo‘lmoqda. Quyidagi fotolarda — 2024 yil 29 aprel kuni yo‘llangan shunday zarbalardan biri oqibatlari aks etgan.

29 aprel kuni sortirovka deposi va «Novaya pochta» bo‘limi zarbaga uchradi. Pochta kompaniyasi o‘qqa tutish chog‘ida yo‘q qilingan jo‘natmalar uchun kompensatsiya to‘lanishini va’da qilgan.
Odesskaya ODA / EPA / Scanpix / LETA
Pochta kompaniyasi xodimlaridan hech kim halok bo‘lmagan, jarohatlanganlar ham yo‘q, ammo Odessada shu kuni raketa hujumi tufayli 14 kishi jarohatlangan
DSNS Ukrainy / EPA / Scanpix / LETA

Kreminna atrofidagi ukrain harbiylari

Rossiya qo‘shini 2022 yil bahorida Luhansk oblasti shimolidagi Kreminna shahrini egallab olgandi, keyin esa ushbu shahar atrofida joylashgan Serebryanskiy o‘rmonchilik xo‘jaligini egallash uchun behuda urinishlarni amalga oshiradi. Ushbu hudud uchun janglar turlicha intensivlikda ikki yildan buyon davom etadi. Frontning ushbu uchastkasida mudofaalanayotgan ukrain bo‘linmalari qatorida — bosqin boshida Mariupolni himoya qilgan «Azov» brigadasi ham bor. «Azov» 2023 yil avgustida qaytadan tiklangan va Ukraina milliy gvardiyasi ma’lumotiga ko‘ra, «Luhansk oblastidagi Serebryanskiy o‘rmonchilik xo‘jaligi hududida jangovar topshiriqlarni bajarishga kirishgan».

Ukrainalik harbiylar o‘rmon hududida quriladigan mudofaa inshootlari uchun g‘o‘la olib ketmoqda
Serhii Nuzhnenko / Radio Free Europe / Reuters / Scanpix / LETA
Serhii Nuzhnenko / Radio Free Europe / Reuters / Scanpix / LETA
Serebryanskiy o‘rmonchilik xo‘jaligi hududida Ukraina QK jangchilari harbiy harakatlar oralig‘idagi tanaffuslar chog‘ida dam olishi mumkin bo‘lgan yerosti istehkomlari ham qurilgan
Serhii Nuzhnenko / Radio Free Europe / Reuters / Scanpix / LETA
Serhii Nuzhnenko / Radio Free Europe / Reuters / Scanpix / LETA

Ukraina qurolli kuchlarining dron operatorlari

Ukraina qurolli kuchlari «Edelveys» 10-alohida tog‘-shturm brigadasi 2016 yildan Donbassdagi aksilterror amaliyotlarda (ATO) ishtirok eta boshlagan. Keng ko‘lamli bosqin boshlanganidan keyin brigada Kiyev oblastini ozod etadi, 2022 yil mayidan buyon Donetsk oblastida jang qilmoqda. Hozirda u yerda frontning Ukraina qurolli kuchlari uchun eng muammoli uchastkasi joylashgan. Rossiya qo‘shini Baxmut g‘arbidagi Chasiv Yar shahrini shturm qilishga hozirlanmoqda — bu tepalikda joylashgan tayanch punkti bo‘lib, Ukraina razvedkasi rahbari o‘rinbosari Vadim Skibitskiyning hisoblashicha, ushbu shaharni egallagach, Rossiya armiyasi uchun Donetsk oblastining okkupatsiya qilinmagan so‘nggi yirik shaharlariga yo‘l ochiladi.

Donetsk oblastidagi oldingi chiziq. UKQning «Edelveys» 10-alohida tog‘-shturm brigadasi jangchisi «Leleka-100» dronini uchirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA
«Edelveys» brigadasi harbiysi «Leleka-100» dronini uchirishdan oldin antenna o‘rnatmoqda
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA
Dron uchirilishi
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA

Okkupatsiya qilingan Popasnaya

2022 yil bahorida Rossiya qo‘shini Luhansk oblastining Popasnaya shahrini egallab olgandi. Shahar bir necha oy davom etgan shiddatli janglardan keyin deyarli butkul vayron bo‘lgan.

2022 yil avgustida o‘zini o‘zi e’lon qilgan LXR ma’muriyati katta ehtimol bilan shaharni qayta tiklab bo‘lmasligi, «bundan ma’no ham yo‘qligi»ni ma’lum qilgandi. O‘sha yil sentabrida Rossiya qurilish vaziri Irek Fayzullin Popasnayani tiklashdan ma’no yo‘q bo‘lgan shaharlar qatorida keltirdi. «Popasnaya — yuz ming kishilik shahardan hech narsa qolmagan, u yerda o‘z uylarini tark etishni istamagan yetti kishi yashaydi. Biz hozircha u yerda hech ish qilmayapmiz», — degandi u
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
2024 yil martida RF vitse-premeri, qurilish kompleksiga ham mas’ul bo‘lgan Marat Xusnullin Popasnayani baribir «tiklash»ga qaror qilishganini aytadi. «Qaytishni va ishlashni istovchilarning barchasiga shaharni tiklashda yordam beramiz», — degan Xusnullin, xususiy sektordagi vayron bo‘lgan uylar uchun bir kvadrat metriga 45 ming rubldan (450 yevro atrofida) tovon to‘lanishini va’da qilib. «Pul ajratishimiz mumkin, odamlar o‘zi qurishi mumkin», — degandi u
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Vayron bo‘lgan Popasnayada 2024 yil mayiga kelib qancha odam qolgani ma’lum emas. RF hukumati bilan yaqin aloqada bo‘lgan «Xalq fronti» harakati (ONF) provaslavlar va yunon-katoliklar 2024 yilda 5 may kuni nishonlaydigan Pasxa arafasida Popasnayaga shirinliklar olib keldi
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

Okkupatsiya ostidagi Tokmak o‘qqa tutilishi

Ukrainaning Zaporijjya oblastidagi Tokmak shahri 2022 yil martidan buyon Rossiya okkupatsiyasi ostida qolmoqda. Keng ko‘lamli urushga qadar Tokmakda 30 mingdan ortiq kishi yashagan. U yerda hozirda qancha odam qolgani — noma’lum. 2022 yil 7 may kuni «Ukrinform» nashri Tokmak meri Igor Kotelevskiy halok bo‘lganini ma’lum qilgandi. U bu lavozimda 2009 yildan buyon ishlab kelgan, 2022 yil bahorida esa rossiyalik harbiylar bilan hamkorlik qilish hamda vakolatlarini topshirishdan bosh tortgan, ammo shaharda qolishda davom etgandi. «Ukrinform»ning tasdiqlanmagan ma’lumotlariga ko‘ra, Kotelevskiy o‘z joniga qasd qilgan bo‘lishi mumkin. Zaporijjya oblastining Rossiya tomonidan tayinlangan ma’muriyati vaqti-vaqti bilan Tokmak Ukraina qurolli kuchlari tomonidan o‘qqa tutilishi va qurbonlar haqida xabar berib turadi. 3 may kuni region «gubernatori» Yevgeniy Balitskiy Ukraina harbiylari shahardagi besh qavatli binoni o‘qqa tutganini ma’lum qildi.
 

Yevgeniy Balitskiyning so‘zlariga ko‘ra, zarba oqibatida to‘rt kishi jarohatlangan, ikki nafari — og‘ir ahvolda
Aleksandr Polegenko / TACC / Profimedia

Poklonnaya tog‘ida 300 metrlik Georgiy lentasi  

3 may kuni Moskvaning Poklonnaya tog‘idagi G‘alaba parkida «Buyuk G‘alaba ramzlari» nomli aksiya o‘tkazildi. Uning ishtirokchilari 300 metrlik Georgiy lentasi va 1945 yil mayida Reyxstag ustida o‘rnatilgan tug‘ning 20 metrlik nusxasini yoyishdi. Aksiya hukumatparast yoshlar harakatlari — «Yagona Rossiya yosh gvardiyasi», «Ko‘ngillilar rotasi» va «Yunarmiya» tomonidan tashkillashtirilgan. «Yosh gvardiya» raisi Anton Demidov NTV telekanaliga harakat ishtirokchilari xuddi shu lentani Ukrainaning anneksiya qilingan hududlari — Mariupol, Melitopol va Donetsk oblastidagi sovetlar yodgorlik majmuasi o‘rnatilgan Saur-Mogila qo‘rg‘onida olib o‘tishganini aytgan.

«Yosh gvardiya» raisi Anton Demidov NTV telekanali bilan suhbatda harakat ishtirokchilari bu lentani Ukrainaning anneksiya qilingan hududlari — Mariupol, Melitopol va Donetsk oblastidagi Saur-Mogila qo‘rg‘onida ham olib o‘tishganini aytib bergan.
Aleksandr Miridonov / Kommersant / SIPA USA / Vida Press
Marosimda 2,5 mingdan ortiq kishi ishtirok etdi, ular orasida — harbiy xizmatchilar, kadetlar, yunarmiyachilar va ko‘ngillilar bor
Yuriy Kochetkov / EPA / Scanpix / LETA

Mavzuga oid