Rossiya Sumi viloyatining energetika infratuzilmasiga hujum qildi
Rossiyaning zarbalari tufayli Sumidagi kasalxonalar va suv ta’minoti tizimi zaxira quvvatiga o‘tkazildi, dedi viloyat harbiy boshqarmasi boshlig‘i Aleksey Drozdenko.
Rossiya Sumi viloyatidagi energetika infratuzilmasi obektlariga havo hujumi uyushtirdi, deb xabar berdi Sumi viloyati harbiy boshqarmasi (VHB) 6 may, dushanbaga o‘tar kechasi Telegram’da.
Sumi VHB rahbari Aleksey Drozdenko yozganidek, yirik dron hujumi munosabati bilan Sumidagi muhim infratuzilma obektlari zaxira quvvatiga o‘tkazildi. «Suv ta’minoti va shifoxonalar to‘liq zaxira quvvat bilan ta’minlanadi», deyiladi uning postida.
«Suspilne» internet-nashri o‘z muxbirlariga tayanib xabar berishicha, 6 mayga o‘tar kechasi Sumi shahrida portlash ovozlari eshitilgan. Bundan tashqari, ushbu shaharda, shuningdek, Sumi viloyati Lebedin, Belopole va Axtirka aholi punktida elektr energiyasi qisman o‘chdi.
5 may kuni kechqurun Sumi OVA xabar berishicha, kun davomida Rossiya chegara hududlari va mintaqadagi aholi punktlariga 8 ta hujum uyushtirgan. «Xotinskaya, Yunakovskaya, Belopolskaya, Krasnopolskaya, Velikopisarevskaya, Esmanskaya jamoatlari o‘qqa tutildi», — deyiladi postda.
Rossiya Xarkivga zarba berdi
Avvalroq, 5 may kuni tushdan keyin Xarkiv meri Igor Terexov Telegram’da Rossiya shaharning markaziy qismiga zarba bergani haqida xabar qilgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu hujum natijasida besh kishi yaralangan. Keyinroq Terexov xususiy uyga zarba oqibatida yana ikki shaxs jabrlanganini ma’lum qildi.
O‘z navbatida, viloyat harbiy boshqarmasi boshlig‘i Oleg Sinegubov Rossiya Xarkiv markaziga uchta havo bombasini tashlaganiga aniqlik kiritdi. Shu bilan birga, 15 dan ortiq ko‘p qavatli uylar, xususiy uylar, avtomobillar, ishlamayotgan sport majmuasi, ma’muriyat binolari zarar ko‘rgan, deyiladi xabarda. Viloyat prokuraturasi ma’lumotlariga ko‘ra, 15 kishi jabrlangan. Kamida to‘rt nafar jabrlanuvchi shifoxonaga yetkazilgan.
Mavzuga oid
08:51 / 18.11.2024
RFning Sumidagi ko‘p qavatli binoga raketa hujumi: 10 kishi halok bo‘ldi
18:22 / 20.09.2024
Rossiya Sumidagi keksalar pansionatiga zarba yo‘lladi - fotosuratlar
11:33 / 14.08.2024
Ukraina Rossiya bilan chegaradagi Sumi oblastida yopiq hudud yaratdi
14:25 / 13.08.2024