Rossiya qöşinlari 30 oktyabr kuni keçqurun Sumiga dron zarbalari bergani haqida mahalliy hokimiyat xabar tarqatdi. «Sumi — dronlarning ommaviy hujumi ostida. Şaharning Kovpakovskiy tumanida fuqarolik infratuzilmasi obektlari zarba ostida. Jabrlanganlar bor», — deb yozdi Sergey Krivoşeyenko Telegram’da mahalliy vaqt bilan soat 22:10 da.
Oradan bir soat ötgaç, Krivoşeyenko Zareçniy tumanidagi köp qavatli uyga zarba berilganini, yonğin va katta vayronagarçilik qayd etilganini ma’lum qildi. Kovpakovskiy tumanidagi ikki qavatli turar joy ham şikastlandi.
Sumining viloyat harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Grigorovga köra, bir soat içida şaharga Rossiya tomonidan 10 ta dron bilan hujum qilingan. «Barça zarbalar — fuqarolik infratuzilmasiga aniq qaratilgan holda», — deb yozdi u Telegram’da. U dronlar töqqiz qavatli va ikki qavatli uylarga urilganini tasdiqladi.
Dastlabki ma’lumotlarga köra, köp qavatli uyga berilgan zarba oqibatida yoş qiz va keksa ayol jabrlandi. Ularga hodisa joyida tibbiy yordam körsatildi. Ikki qavatli uyda esa tört kişi jarohat olgani ma’lum.
30 oktyabr tongida Sumidagi yonilği quyiş şoxobçasi dron hujumiga uçradi. Oqibatda tört kişi jabrlandi, avtomobillar şikastlandi. 27 oktyabr tongida Rossiya hujumi sabab Sumining ayrim qismi elektr ta’minotisiz qolgan, viloyat böylab avariyaviy öçiriş rejimi joriy etilgan edi.
Şahar harbiy ma’muriyati ma’lumotiga köra, 2025 yil boşidan buyon RF qöşinlari Sumi hududiga «turli xil qurollar» bilan 543 ta hujum amalga oşirgan. 72 kişi halok böldi, yana 434 kişi yaralandi.


















