Rossiya harbiylari Ukraina Sumi viloyatidagi Krasnopol jamoatiga qaraşli Grabovskoye qişloğining 50 nafar fuqarosi — tinç aholini — majburan Rossiya hududiga olib ketgan. Bu Ukraina taşqi işlar vaziri Andrey Sibixaning 21 dekabr, yakşanba kuni X mikroblogida e’lon qilingan postida keltirilgan ma’lumotdan ma’lum bölmoqda.

Uning ma’lumotiga köra, Rossiyaga olib ketilgan tinç aholi orasida asosan keksa ayollar köpçilikni taşkil qiladi. Bundan oldin Birlaşgan kuçlar guruhi kommunikatsiyalar bölimi boşliği Viktor Tregubov Grabovkadan olib ketilgan 50 nafar aholining aksariyati fuqaro erkaklar bölganini aytgan edi. OAV xabarlaridan kelib çiqib, gap qişloqni tark etmay qolgan aholi haqida ketmoqda.

“Biz fuqarolarimiz — garovga olingan tinç aholi uyiga qaytarilişini talab qilamiz. Uşbu 50 nafar odam va Rossiyaga majburan deportatsiya qilingan minglab boşqa tinç aholi, jumladan ukrain bolalari ham”, — deb yozdi Sibixa. Şu bilan birga, Ukraina diplomatiyasi rahbari barça davlatlar va xalqaro taşkilotlarni Kiyevning “uylaridan olib qoçilgan aybsiz tinç fuqarolarni” vatanga qaytariş talabini qöllab-quvvatlaşga çaqirdi.

U buni harbiy jinoyat deb atab, hodisa Ukrainada allaqaçon tergov qilinayotganini va xalqaro darajada munosib munosabat bölişi kerakligini ta’kidladi.

Şu kuni Ukraina ombudsmani Dmitriy Lubinets Telegram’da RF Qurolli kuçlari xizmatçilari Sumi viloyatidan 50 nafar Ukraina fuqarosini majburan Rossiya hududiga olib ketganini xabar qildi.

“Dastlabki ma’lumotlarga köra, 18 dekabr kuni Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuçlari xizmatçilari Sumi viloyatidagi Grabovskoye qişloğining 50 nafarga yaqin tinç aholisini noqonuniy uşlab qolgan, ularni aloqa vositalariga kiriş imkoniyatisiz va munosib şart-şaroitlarsiz saqlagan, 20 dekabr kuni esa majburan Rossiya hududiga olib çiqib ketgan”, — deyiladi postda.

“Bunday harakatlar xalqaro humanitar huquqning qöpol buzilişi hisoblanadi: bu — uruş qonun-qoidalarini buziş, noqonuniy ravişda erkinlikdan mahrum qiliş va tinç aholini majburan deportatsiya qilişdir”, — deb ta’kidladi Lubinets.

U qöşimça qilişiça, RFdagi inson huquqlari böyiça vakilga murojaat qilib, noqonuniy deportatsiya qilingan Ukraina fuqarolarining qayerda ekani haqida ma’lumot berişni, ular saqlanayotgan şaroitlar va birinçi navbatdagi ehtiyojlarini xabar qilişni, şuningdek ularni zudlik bilan Ukrainaga qaytariş böyiça çora körişni talab qilgan. Bundan taşqari, Lubinets Rossiyaga deportatsiya qilingan ukrainlar masalasi böyiça Xalqaro Qizil Xoç Qömitasiga ham xat yöllaganini ma’lum qildi.