Dastlabki ma’lumotlarga köra, bir kişi halok bölgan. Qutqaruvçilar vayronalar ostidan yana uç kişini çiqarib oldi, ularga zarur tibbiy yordam körsatilmoqda.

Hujum joyida qidiruv-qutqaruv işlari davom etmoqda, boşqa oqibatlar aniqlanmoqda, deya qöşimça qildi Grigorov.

2 noyabr keçqurun Rossiya qöşinlari Sumi viloyatining Lebedin jamoatiga qaraşli qişloqqa raketa zarbasi bergan. Hujum natijasida 55 va 65 yoşli ikki ayol yaralandi, turar joy sektoriga şikast yetdi.

Ötgan tun Shahed turidagi Rossiya dronlari hujumidan Mikolayiv viloyati ham jabr kördi, deb xabar berdi VHM rahbari Vitaliy Kim. Energetika infratuzilmasiga şikast yetgani qayd etildi. «12 ta aholi punktida elektr öçdi, hozirça barça iste’molçilar elektr energiyasi bilan ta’minlandi. Jabrlanuvçilar yöq», — deb yozdi u.

Mikolayiv şahrida dron hujumlari oqibatida maişiy-xöjalik mollari supermarketida yonğin çiqqan, u tongga qadar öçirilgani qöşimça qilindi. Bundan taşqari, korxonalardan biri hududidagi binolar, ikkita avtomobil va köp qavatli uyning oynalariga zarar yetdi. Jabrlanganlar yöq.

https://www.dw.com/ru/rossia-atakovala-sumskuu-oblast-est-zertva-i-postradavsie/a-74592588