Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xarkiv yana bomba zarbalariga uchradi
Xarkivning o‘qqa tutilishi natijasida 15 dan ortiq ko‘p qavatli uylar, shaxsiy uylar, avtomashinalar va ofis binolari zarar ko‘rdi. 15 kishi jarohatlangan.
Rossiya harbiylari Xarkiv markaziga uchta aviatsiya bombasi bilan hujum uyushtirdi. Bu haqda 5 may, yakshanba kuni viloyat ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi. 15 dan ortiq ko‘p qavatli uylar, xususiy uylar, avtomobillar, ishlamayotgan sport majmuasi, ma’muriy binolar zarar ko‘rgan. Viloyat prokuraturasi ma’lumotlariga ko‘ra, 15 kishi jabrlangan. Kamida to‘rt nafar jabrlanuvchi shifoxonada.
Sinegubov, shuningdek, Xarkiv viloyatining Kupyansk tumanidagi bir qator qishloqlar o‘qqa tutilganini ma’lum qildi. Otishma natijasida 88 yoshli ayol halok bo‘ldi, kamida ikki kishi yaralandi.
Xarkiv meri: Deyarli butun energetika infratuzilmasi vayron qilingan
Aprel oyining oxiridan beri rus qo‘shinlari Xarkivga deyarli har kuni boshqariladigan havo bombalarini tashlamoqda. Shahar meri Igor Terexov aytishicha, otishmalar natijasida shaharning deyarli butun energetika infratuzilmasi vayron bo‘lgan.
Bloomberg agentligiga ko‘ra, intensiv o‘qqa tutish orqali Rossiya armiyasi Xarkivni tinch aholi yashashi uchun yaroqsiz holga keltirishga umid qilmoqda, shuningdek, shaharga hujum qilishga hozirlik ko‘rmoqda.
Mavzuga oid
16:28 / 14.03.2026
Rossiyaning Xarkiv viloyatiga zarbasi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi
12:25 / 08.03.2026
Ukrainaga yana yopirilma zarba berildi: Xarkivda 11 kishi halok bo‘lgan
08:44 / 11.02.2026
Xarkiv viloyatiga zarba: 4 kishi halok bo‘ldi
09:00 / 03.02.2026