Rossiya armiyasi 3 fevral, seşanbaga ötar keçasi Ukrainaning bir qator hududlariga yana ommaviy zarba bermoqda, portlaşlar sodir böldi. Bu haqda Telegram orqali Ukraina Qurolli kuçlari Havo kuçlari hamda Kiyev va Xarkiv hokimiyatlari xabar qildi. Rossiya zarbalari paytida Kiyevda 20 daraja sovuq, Xarkovda esa minus 22 bölgan.

«Rossiyaliklar qahraton sovuqda Kiyevga yana navbatdagi ommaviy zarbani berişga qaror qildi. Hozirça Dnipro tumanidagi bir neçta köp qavatli turar joy binolari, ta’lim muassasasi hujum oqibatida şikastlangani haqida xabarlar kelmoqda», — deb yozdi mahalliy vaqt bilan soat 01:30 lar atrofida Kiyev viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Timur Tkaçenko. Kiyev şahar meri Vitaliy Kliçko esa poytaxtning Darnitskiy tumanidagi noturar joy hududiga zarba tekkani va Dnipro tumanida bolalar boğçasi binosida yonğin çiqqanini ma’lum qildi.

Biroz vaqt ötgaç, Kiyev viloyati harbiy ma’muriyati rahbari hujum oqibatlari haqida ma’lum qildi. Uning aytişiça, Darnitskiy tumanida bir erkak jabrlangan, şifokorlar unga joyida yordam körsatgan. Şu tumanda 25 qavatli va 5 qavatli uy şikastlangan, Dnipro tumanida esa 5 qavatli turar joy binosi şikastlangan, yana ikki joyda «duşman obektlari parçalari oçiq hududda» topilgan, deb qöşimça qildi Tkaçenko. Bundan taşqari, Kiyevning Peçerskiy tumanida AYoQŞ (yonilği quyiş şoxobçasi) binosi va töxtab turgan avtomobillar şikastlangan, Şevçenko tumanida esa dastlabki ma’lumotlarga köra 22 qavatli turar joy binosi zarar körgan, dedi u.

Xarkiv şahar meri Igor Terexov RF şaharga ballistik raketalar bilan bir neçta zarba berganini, Slobodskoy tumanida ikki marta zarba tekkani qayd etilganini bildirdi. Öz navbatida Xarkiv viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubov viloyatda hujumkor uçuvçisiz uçiş apparatilar hamda boşqariladigan aviabombalar qöllangan bir neçta hujum bölganini aytdi. «Duşman öqqa tutişi natijasida Xarkivda ikki kişi jabrlandi. 27 yoşli va 58 yoşli erkaklar hozirda şifokorlar yordamini olmoqda», — deb yozdi u Telegram-kanalida hamda Dergaçi şahrida yana ikki kişi yaralanganini qöşimça qildi.

Terexov zarbalar «maqsadli ravişda energetika infratuzilmasiga» qaratilganini ta’kidladi. Hokimiyat «oğir qarorlar qabul qilişga» majbur böladi, jumladan «eng yirik IESdan biridan ta’minlanadigan 820 ta uyga xizmat körsatuvçi issiqlik ta’minoti tizimidagi issiq taşuvçini öçiriş» kerak böladi, deb tuşuntirdi şahar rahbari. «Kritik infratuzilmaga qilingan hujum boşqa variant qoldirmayapti. Mutaxassislarimiz boşqa çiqiş yölini körmayapti», — dedi u. Merning sözlariga köra, şaharda 101 ta «Matonat punktlari» keça-yu kunduz davomida işlaydi — u yerda isiniş va gadjetlarni quvvatlaş mumkin böladi. Zarur bölsa, hokimiyat qöşimça isitiş punktlarini ham taşkil etişini va’da qildi.

Rossiya ötgan keçasi Ukrainaning energetika infratuzilmasiga qaytadan zarba berişni boşladi va şu bilan tört kun oldin e’lon qilingan «energetik sulh»ni töxtatdi. 2 fevralga ötar keçasi Rossiya qöşinlari Xarkiv, Sumi, Dnipropetrovsk va Çerkassk viloyatlaridagi energetika obektlariga hujum qilganini Ukraina energetika vaziri birinçi örinbosari Artyom Nekrasov ma’lum qildi.

Energetika vazirligi ma’lumotlariga köra, zarar körgan energoobektlarda tiklaş işlari töxtamayapti, ammo Kiyev va Kiyev viloyatida quvvatlar tanqisligi saqlanib qolmoqda. Şuningdek, oğir ob-havo şaroiti tufayli Odessa, Mikolayiv va Kirovoxrad viloyatlarida 160 dan ortiq aholi punktlari elektr ta’minotisiz qolgan.

Vazir örinbosari, şuningdek, Dnipropetrovsk viloyatida energetika sohasi xodimlariga qaratilgan maqsadli hujum bölganini aytdi: u yerda Rossiya tomoni «Ternovskaya» şaxtasi yaqinida, Pavlograd tumanidagi kon hududida joylaşgan energetika korxonalaridan biriga tegişli xizmat avtobusini dronlar bilan urgan. Natijada şaxtaning 16 nafar xodimi halok bölgan, yana 14 nafari yaralangan. 2 fevral kuni kunduzi Rossiya tomoni öşa korxonaga ikkinçi marta zarba bergan, ma’muriy binolar şikastlangan, deb ma’lum qildi DTEK energetika kompaniyasi.