Jahon | 12:25
3812
3 daqiqa o‘qiladi

Ukrainaga yana yopirilma zarba berildi: Xarkivda 11 kishi halok bo‘lgan

Xarkivda besh qavatli turar joy binosi pod’yezdi butunlay vayron bo‘lgan.

Vyacheslav Madiyevskyy / Reuters / Scanpix / LETA

7 martga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shini Ukraina bo‘ylab raketa va dronlar bilan yopirilma zarba yo‘lladi. Ukraina qurolli kuchlari havo kuchlariga ko‘ra, Rossiya 480 ta dron, ikkita gipertovushli raketa, 13 ta ballistik raketa va 14 ta qanotli raketa uchiran. Asosiy zarba Kiyev, Xarkiv, Jitomir, Xmelnitskaya va Chernovitskaya oblastlariga to‘g‘ri kelgan. Ukraina armiyasi havo hujumidan mudofaa kuchlari 453 ta dronni zararsizlantirgani, shuningdek, sakkizta ballistik raketa va 11 ta qanotli raketani urib tushirganini ma’lum qilgan. 

Shu bilan birga, ballistik raketalardan biri Xarkiv shahrining Kiyev rayonidagi ko‘p qavatli turar joy binosiga urilgan. Zarba oqibatida uy pod’yezdi vayron bo‘lib, qo‘shni uyning yuqori qavatlari shikastlangan. 

Xarkiv shahri meri Igor Terexov 7 mart kuni kunduzi avvaliga hodisa oqibatida sakkiz kishi halok bo‘lganini xabar qilgandi. Qidiruv-qutqaruv amaliyoti davomida yana to‘rt kishining jasadi topilgan va qurbonlar soni 11 nafarga yetgan. Terexovning so‘zlariga ko‘ra, qurbonlar orasida 6-sonli litseyning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi va uning o‘g‘li, shuningdek, 16-sonli litseyning 8-sinf o‘quvchisi va uning onasi ham bor. 

Tungi hujum vaqtida Kiyev ham zarbalar ostida qolgan. Ukraina poytaxti meri Vitaliy Klichko kritik infratuzilmalar zararlanishi oqibatida Pechersk, Dniprovsk, Goloseyevskiy va Solomenskiy rayonlarida 1905 ta uy issiqlik ta’minotisiz qolgan. Hozircha issiqlik ta’minoti tiklanmagan uylar ham qo‘shib hisoblanganda, Kiyevda jami 2700 uy issiqliksiz qolmoqda.

Sergey Kozlov / EPA / Scanpix / LETA

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiya zarbalari tunda Kiyev, Xmelnitskaya va Chernovitskaya oblastlarining energetika infratuzilmasiga yo‘naltirilganini ma’lum qildi. Dnipropetrovsk, Zaporijj, Vinnitsa, Odessa, Poltava, Sumi, Cherkass oblastlarida shikastlanishlar qayd etilgan. «Bu shafqatsiz zarbalarga hamkorlar tomonidan albatta javob bo‘lishi kerak. Jim turmaydigan har bir kishiga rahmat. Rossiya Ukrainaning uy-joy va muhim infratuzilmasini yo‘q qilish urinishlarini to‘xtatmayapti, demak, qo‘llab-quvvatlash davom etishi kerak», – degan u.

Pavlo Pakhomenko / NurPhoto / Getty Images
Xarkivda yaralangan ayolni olib chiqayotgan qutqaruvchilar
Sergey Kozlov / EPA / Scanpix / LETA
Xarkivda zarbaga uchragan uy xarobalari orasida yotgan oilaviy fotosurat
Sergey Kozlov / EPA / Scanpix / LETA
Xarkivda raketa zarbasiga uchragan uyda vayron bo‘lgan kvartiralardan biri
Vyacheslav Madiyevskyy / Reuters / Scanpix / LETA
Xarkivga zarba oqibatida halok bo‘lganlarning jasadlari solingan qoplar
Vyacheslav Madiyevskyy / Reuters / Scanpix / LETA
Азиз Қаршиев
Muallif Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid