Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xarkiv viloyatiga zarba: 4 kishi halok bo‘ldi
Bogoduxovda Rossiya droni hujumiga uchragan turar joyning vayronalari ostida bir erkak va uch nafar bola qolib ketgan. Qutqaruvchilar va tibbiyot xodimlari ish olib borganiga qaramay, ularni saqlab qolishning iloji bo‘lmadi.
Foto: Telegram / synegubov
Ukrainaning Xarkiv viloyatidagi Bogoduxov shahriga Rossiya uchuvchisiz apparati zarbasi natijasida uch nafar kichik yoshdagi bola va bir erkak halok bo‘ldi. Bu haqda chorshanbaga o‘tar kechasi, 11 fevral kuni, viloyat harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubov xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, dron xususiy uyga urilgan, uy vayronalari ostida 34 yoshli erkak, ikki yoshli qizcha va bir yoshdan ikki nafar o‘g‘il bola qolib ketgan. Tibbiyot xodimlari va qutqaruvchilar ishlaganiga qaramay, ularni qutqarib qolishning imkoni bo‘lmagan. Shuningdek, Xarkiv viloyati harbiy ma’muriyati rahbari hujum vaqtida 35 yoshli homilador ayol jabrlanganini ma’lum qildi.
11 fevral kuniga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari Zaporijjya shahridagi infratuzilma obektiga ham dronlar bilan hujum qildi, deb xabar berdi Zaporijjya viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Ivan Fedorov. Uning aytishicha, hujum natijasida shaharda taxminan 11 ming nafar aholi elektr ta’minotisiz qolgan.
Mavzuga oid
09:23
Rossiya 2024 yildan beri birinchi marta Ukraina bilan urushda hududlarini yo‘qota boshladi
16:56 / 01.05.2026
Urush odatga aylandi. Dunyo otalar uyiga tobutda qaytayotganiga o‘rganib qoldi
21:18 / 30.04.2026
“Ukraina dronlari sabab” - tahlilchilar Rossiyaning 9 may paradidagi cheklov haqida
14:26 / 29.04.2026