O‘zbekiston | 08:30 / 07.05.2024
18611
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Tojikistonda piyoz nihoyatda arzon narxda sotilmoqda - EastFruit 

Tahlilchilarga ko‘ra, O‘zbekiston va Tojikistonda yangi hosil sifatida olingan piyoz narxi mahalliy sabzavot yetishtiruvchilarini hayratda qoldirmoqda. 

Foto: EastFruit 

Bir vaqtlar qimmat bo‘lgan erta sabzavot ekini uchun ulgurji sotuvchilar har bir kilogrammga 10-12 sent to‘layapti. Dehqonlar daladan jo‘natilgan mahsulot uchun undan ham kamroq pul olyapti. Boshqacha qilib aytganda, endi ulgurji bozorda 2024 yil hosilidan butun bir tonna piyozni atigi 100 dollarga sotib olish mumkin, deb yozadi EastFruit.

Yangi hosil sifatida olingan piyoz narxi hozirda rekord darajada past ekani ajablanarli emas. Bir yil avval bir vaqtning o‘zida piyoz uchun uch baravar, 2022 yilda esa bir vaqtning o‘zida 2,2 baravar ko‘proq pul to‘langan. 

O‘zbekistonda 2023 yilgi hosildagi piyoz narxi hozir yangi hosildagi piyozga nisbatan qimmatroq. Shu bilan birga, o‘tgan yilgi piyoz narxi barqaror darajada qolmoqda, yangi hosil sifatida olingan piyoz esa arzonlashmoqda. 

Tojikistonda, aksincha, erta piyoz narxi o‘tgan yildan biroz yuqoriroq. Biroq, o‘tgan yilgi piyoz arzonlashmayapti, lekin «yangi» piyoz narxi pasayishda davom etmoqda. 

EastFruit dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, O‘zbekistonda ham, Tojikistonda ham erta piyoz hosili nisbatan yuqori bo‘ladi, bu esa yaqin haftalarda narxlarning sezilarli darajada oshishiga umid bermaydi. Bozor ishtirokchilari may oyi o‘rtalarida kutayotgan eksportning biroz tiklanishi Markaziy Osiyo mamlakatlarida piyoz narxini barqarorlashtirishga yordam berishi mumkin. Biroq, avvalgi ikki mavsumdagi narxlarning takrorlanishini kutmaslik kerak. 

Mavzuga oid