Mart oyining oxirlaridan boşlab Surxondaryo viloyati fermerlari ertapişar kuzgi piyoz hosilini yiğişni boşladi. Poliz ekini viloyatning özi va qöşni hududlar bozorlarida ham paydo böldi. Biroq, ötgan yillardan farqli ölaroq, bu mavsumda piyoz narxi rekord darajaga qimmatlaşdi, deya xabar berdi EastFruit.
Yangi hosildan olingan piyozning dastlabki partiyasini fermerlar örtaça 5000 sömdan yoki 39 sentga teng narxda sotişgan. Öz navbatida, bozorlarda çakana narxlar 7000−8000 söm yoki 54−62 sentgaça oşgan.
Özbekiston piyoz bozoridagi vaziyatni VESAGRO konsalting kompaniyasi rahbari Örmonali Usmonov şunday izohladi:
«2025 yil mart oyining ikkinçi yarmida Surxondaryo viloyatining bir qator tumanlarida (Jarqörğon, Qumqörğon va Şerobod) fermerlar ertapişar piyoz hosilini yiğişni boşladi. Biroq, piyozning yetiliş darajasi hali uni uzoq masofalarga taşişga imkon bermayapti. Xalq tilida aytganda, piyoz hali „kiyinmagan“. Şu sababli hozirda mahsulot asosan Surxondaryo viloyati va unga qöşni hududlarda sotilyapti. Şunday bölsa-da, bu mavsumda fermerlar narxlardan juda mamnun. Ötgan yili ayni şu paytda yangi hosildan olingan piyozning kilosi dalalarda taxminan 500 sömdan (4 sent) yuklab jönatilgan bölsa, bu yil boşlanğiç narxlar 10 baravar yuqori», degan Usmonov.
Mutaxassisning fikriça, narxlar yuqori bölişining asosiy sababi ekin maydonlarining sezilarli darajada qisqargani bilan boğliq.
«Mart oyining uçinçi ön kunligida ötgan yilning avgust-sentabr oylarida ekilgan kuzgi piyozni yiğib oliş boşlandi. Taxminiy hisob-kitoblarimga köra, butun Özbekiston böyiça uşbu kuzgi piyozning umumiy maydoni 30−40 foizga qisqargan. Menimça, bunday vaziyat qöşni davlatlarda ham kuzatilgan. Hosildorlik va pişiş muddatlariga kelsak, 2024 yilning keç kuzi va qişida anomal sovuqlar bölmadi, ob-havo qulay edi. Hosildorlik ötgan yilgi darajada qoldi, pişiş muddati esa özgarmadi. Biroq, hozirda piyoz hali «kiyinmagan» va kerakli yetuklikka erişiş uçun vaqt talab etiladi. Öylaymanki, tarmoq sifatidagi va eksportga yaroqli hajmdagi mahsulotlar 2025 yilning 15−20 aprel kunlari içki bozorda paydo böladi», deya qöşimça qilgan u.
Şuningdek, yangi piyoz narxlari ötgan yilgi hosilning zaxiralariga, aniqroği, ularning tugaş tezligi va taşqi bozorlardagi talabga boğliq bölişi ta’kidlangan.
«Piyoz narxi arzonlaşi kutilyapti»













