Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishi oktyabr oyida boshlanishi mumkin
Loyihaning qiymati, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 4,7 milliard dollarni tashkil etadi.
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov «Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishi shu yilning oktyabr oyida boshlanishini aytdi.
Japarov so‘zlariga ko‘ra, hozir Qirg‘iziston logistika bo‘yicha boshi berk ko‘chaga aylangan, Qozog‘iston va Rossiya temiryo‘llari orqali dunyoga chiqishi kerak.
«Ushbu temir yo‘l qurilsa, dunyoga chiqa olamiz. Bu bizning o‘z yo‘limiz bo‘ladi», dedi Sadir Japarov.
Qayd qilinishicha, Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temiryo‘lining Qirg‘iziston hududidan o‘tadigan qismi 311 kilometrni tashkil qiladi. U Torugart – Qo‘sh-Dobo – Qozarmon – Jalolobod yo‘nalishi bo‘ylab quriladi. Loyihaning qiymati, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 4,7 milliard dollarni tashkil etadi.
Mavzuga oid
09:17
Xitoyda feyyerverk zavodida yuz bergan portlashda o‘nlab odamlar halok bo‘ldi
22:02 / 02.05.2026
O‘zbekiston va Qirg‘iziston “Qambarota GES-1” qurilishi bo‘yicha muzokara o‘tkazdi
18:24 / 29.04.2026
Tashiyev davlat to‘ntarishiga urinishga aloqadorlikda gumonlanmoqda
22:25 / 28.04.2026