Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston hududlari va Birmingem shahri o‘rtasida aloqalar yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmonov Britaniya hududlari bilan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish maqsadida amaliy tashrif bilan Birmingem shahrida bo‘ldi.
"Dunyo" xabariga ko‘ra, tashrif davomida elchi Birmingem meri lord Chaman Lal bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Muzokaralar davomida investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy, mahsulotlar eksporti, yirik loyihalarni birgalikda amalga oshirish, ta’lim va turizm sohalarida hamkorlikni yanada jadallashtirish muhim ekanligi ta’kidlandi.
Birmingem meri hududlararo hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdorligini, jumladan, O‘zbekiston viloyatlari bilan birgalikda savdo ko‘rgazmalari, tomonlarning investitsiyaviy salohiyatlariga bag‘ishlangan taqdimotlar va madaniy tadbirlarning o‘tkazishga tayyorligini bildirdi.
Mavzuga oid
12:24 / 23.03.2026
British Petroleum O‘zbekiston energetika bozoriga qiziqish bildirmoqda
09:53 / 06.01.2026
London universiteti O‘zbekiston OTM bilan qo‘shma diplom dasturlariga tayyor
13:32 / 10.12.2025
O‘zbekiston agrar sektoriga Britaniya kompaniyasi jalb etilmoqda
14:45 / 22.10.2025