Özbekistonning Buyuk Britaniyadagi elçisi Ravşan Usmonov London universiteti Şarq va Afrika tadqiqotlari maktabi (SOAS) rektori, professor Adam Habib bilan uçraşdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, 1916 yilda taşkil etilgan mazkur ta’lim dargohi bugungi kunda 7 mingga yaqin talabani qamrab olgan bölib, ularga 1,2 mingga yaqin professor-öqituvçi saboq beradi.
SOAS London universitetining mustaqil oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. Universitet Londonda törtta akademik kampus va kutubxonaga ega. Şuningdek, u Hindiston, Bangladeş, Xitoy, Saudiya Arabistoni hamda Qozoğiston oliy öquv yurtlari bilan qöşma ta’lim dasturlarini amalga oşiradi. Ta’lim yönalişlari orasida ijtimoiy-gumanitar fanlar, şuningdek, Şarq va Afrika tillari böyiça kurslar mavjud.
Uçraşuv çoğida professor Adam Habib Özbekiston va Buyuk Britaniya örtasida ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirişdan manfaatdor ekanini ta’kidladi. Uning qayd etişiça, taşkilot istiqbolli ta’lim loyihalarini amalga oşiriş, qöşma diplom dasturlarini yaratiş, professor-öqituvçilar almaşinuvini yölga qöyiş, ilmiy tadqiqotlar va kasbiy rivojlaniş yönalişlarida Özbekiston oliy öquv yurtlari bilan özaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirişga tayyor.








